GULISTON DAVLAT UNIVERSITETDA JAHON BANKINING LOYIHASI ISh BOShLADI

Amaliy innovatsiyalar fondining “Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish” dasturi doirasida Guliston davlat universitetida “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “o‘quv-ilmiy kompleks” tashkil etish” mavzusida Jahon bankining loyihasi o‘z faoliyatini boshladi.

Loyiha 173 ming AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lib, u 24 oyga mo‘ljallangan. Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da belgilangan vazifalar asosida universitetga jalb qilingan investitsiyadir.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasida klasterli tizimga asoslangan integratsiya – innovatsion o‘quv-ilmiy kompleks tizimini tashkil etish va uning mexanizmini yaratishdan iborat.