2019 yil 16 yanvar kuni “Tasviriy va amaliy bezak san’ati” magistratura mutaxassisligi 1-kurs magistranti Isakova Adolat tomonidan bakalavr ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar uchun 14- yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan rassom “Teatr bezagi rangtasviri” kafedrasi dotsenti Erkaboy Masharipov ijodiga bag‘ishlangan “Vatanning sheryurak bahodirlari” nomli ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Dasturga ko‘ra seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va kirish so‘zi bilan magistratura bo‘lim boshlig‘i N.B.Aliyeva ochib berdi.

A. Isakova ilmiy seminarda “Yurtimiz gullab yashnashiga hissa qo‘shgan jangchi Jaloliddin Manguberdi”, “Amir Temurning To‘xtamishxon ustidan g‘alabasi” va “Rassom Erkaboy Masharipov ijodi to‘g‘risida” mavzularida ma’ruza qildi. Mavzularga oid ma’ruzada magistrant tarixga nazar solarkan ekan, rassom E.Masharipov tomonidan ayni tarixiy buyuk shaxslarni aks ettiruvchi tarixiy mavzularda ishlangan ijodiy asarlarini misol qildi. Seminar ishtirokchilariga ushbu asarlar to‘g‘risida, asarda yoritilgan obrazlar bo‘yicha va tarix zarvaraqlarida tarixchilarimiz tomonidan qayd etilgan ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi. O‘z navbatida asarlarni yaratilish tarixi va boshqa ko‘pgina qiziqarli tarixiy ma’lumotlar bilan rassom E.Masharipov o‘z fikrlarini bildirdi.

Asarlar bo‘yicha talabalar tomonidan berilgan savollarga javob berdi. So‘ngra seminarni magistrantning ilmiy rahbari “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori R.A.Xudoyberganov davom ettirdi. Bakalavr ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil oluvchi talabalarga professor R.A.Xudoyberganov tomonidan bir qator tarixiy vaqealarga oid savollar berildi, javoblar olindi. Seminarni Toshkent Davlat Jahon tillari universiteti 1-kurs talabasi Rahimboyeva Fazilat “Try to learn historical works in order to dig up youngsters’ minds” mavzusidagi ma’ruzasi bilan davom ettirdi. F.Rahimboyeva o‘z ma’ruzasini ingliz tilida olib bordi, taqdimotdagi tarixiy asarlar, rassom E.Masharipovning tarixiy asarlari xususida rassom talabalar bilan savol javoblar o‘tkazdi. 
Ilmiy seminar yakunida ustozlar magistrantlar va bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga ijodiy parvozlar bilan birga barcha buyuk va yetuk rassomlar singari tarixiy asarlarni yanada ko‘plab yaratish, o‘zbek tasviriy san’atini yuksaklarga olib chiqish, o‘zimizni, o‘zligimizni anglashdagi tarixiy manbalarni doimiy o‘rganib borish kabi takliflarini bildirildi. Seminar ko‘tarinki kayfiyatda yakunlandi. 

Magistratura bo‘limi boshlig‘i 
N.B.Aliyeva