O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son Qarori hamda O‘Zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil “Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 736-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasining katta zalida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan «Yil talabasi» tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Boshqarma boshlig‘i Otabek Bozorov ochib berdi. O.Bozorov o‘z nutqida ushbu tanlov ilk marotaba o‘tkazilayotganligiga qaramay juda ham ko‘plab talaba-yoshlar murojaat etganligi hamda munosiblarni aniqlashda komissiya a’zolari tomonidan a’lohida e’tibor talab etilganligini aytib o‘tdi hamda g‘olib bo‘lgan talaba-yoshlarni tabrikladi.

Yil davomida turli sohalarda mehnat qilgan va o‘z salohiyati, bilimi bilan jamiyat hayotida faol ishtirok etgan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi.