9 FYEVRAL — HAZRAT MIR ALISHYER NAVOIY TAVALLUDINING 578 YILLIGI BAG’ISHLAN “OLIS YULDUZLAR SHU’LA TARATAR” NOMLI ADABIY KYECHASI

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida 2019 yilning 9 fevralida g’azal mulkining sultoni hazrati mir Alisher Navoiy tavalludining 578 yiligi munosabati bilan “Olis yulduzlar – shu’la taratar” deb nomlangan adabiy musiqiy kechasi bo’lib o’tdi. Tadbir dasturidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag’ishlan ma’ruzalar, inson ruhiyatiga ma’naviy ta’sir etguvchi nazm va navolar hamda me’ros g’azallar ifodasida sahna ko’rinishlari va ishtirokchilarning klassik kuy va raqslari namoyishi joy olgan.

Tarix fanlari doktori Ikrom Astanaqulov tadbir boshida so’z olib, mavzu doirasida o’z fikrlarini taqdim etdi. Ma’lumki, Alisher Navoiy nafaqat o’zbek, balki fors-tojik tilida ham Foniy taxallusi bilan barakali ijod qilgan zabardast zullisonayn shoir hisoblanadi. Ulug’ shoirning forsiy merosi o’z davrida Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Binoiy, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy kabi zamondoshlari tomonidan ham yuksak baholangan.

Abdurahmon Jomiy ta’rifi bilan aytganda, Alisher Navoiy «asl tabiati va qobiliyati tufaylidan baxtga eltuvchi hukmlar o’qlarini so’z sifati nishoniga qaratganda va javohirlar sadafi buzrukvorlar ismi sirlaridan so’zlaganda o’z vaqtini nazm badialari yoki nasriy ixtirolardan tamoman forig’ va xoli topolmagan» shoir edi. Afsuski, juda uzoq yillar shoir qoldirgan meros eshigi berk xazinaga aylantirildi.. Eng avvalo, ulug’ shoir ijodi, uning dunyoqarashi va adabiy merosini bugun murakkabliklari, falsafiy teranligi bilan to’g’ri, haqqoniy yoritib beruvchi kalit — Sharq she’riyati va falsafasi qatlamlariga chuqur ildiz otgan tasaavuf ta’limotisiz olib borildi. Bu olimlarning emas, tuzumning qattol irodasi, uning qatag’oni edi.

Mustaqilligimiz nashidasi bugun bizga bobokalonimizning zahmatli mehnatlarini qadrlab, ularning tavallud ayyomlarini tantanali nishonlashimiz barobarida turli xil tadbirlar, ijodiy kechalarni o’tkazishimizga imkon yaratdi. Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’limi hodimlari, adabiyot va tillar kafedrasi xodimlar va institutning san’atshunoslik fakulteti talabalari xamkorligida o’tkakzilgan tadbir barchaga manzur bo’ldi. A.Navoiy, Xusayn Bayqaro hazratlarining sahnadagi siymosi talabalar tomonidan ajoyib tarzda talqin etildi.

Kechaning mehmoni hisoblangan, Toshkent madaniyat va san’at kollejidan tashrif buyurgan ustoz san’atkor, hofiz Abduqahhor Jamilov ijrosida Navoiy g’azallariga bag’ishlangan bir qator kuy va qo’shiqlar tinglandi. Hofiz Abduqahhor Jamilov o’zi kuylangan Navoiy va ustoz-shogirdlar g’azallariga bag’ishlangan “Sen dunyoga yo g’arib bo’lib, yo musofir bo’lib yasha” deb nomlangan to’plamini institut uchun sovg’a tariqasida taqdim etdi. Talaba qizlar guruhi tomonidan “g’azallar topqiri” intelektul o’yini olib borildi. Bundan tashqari ularning Buxorocha raqs namoyishi taqdim etilishi ishtirokchilarning ruhiyatiga ko’tarinkilik bag’ishladi.