Yaponiya delegatlarining Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik dizayn institutiga tashrifi.

Joriy yilning 25 fevral kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida Nagoya Universitetining O’zbekistondagi vakolatxonasi hamrohligida Аichi san’at universiteti (АSU) professori, taniqli yapon san’atshunosi Kodji Shibadzaki boshchiligidagi bir guruh delegatsiya tashrif buyurdi. Ushbu tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad – qadimiy o’zbek qog’ozi tarixi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog’liq tadqiqotni amalga oshirish, qadimgi o’zbek qog’ozi bilan jahon hamjamiyatini tanishtirish hamda qog’oz orqali o’zbek ilm-fani, madaniyati va miniatyura san’atining sharq va g’arbga tarqalganligini e’tirof etishdan iborat loyihani taqdim etish va istiqbolli aloqalar o’rnatish imkoniyatlari muhokama qilishdan iborat edi.

O’tgan 2017 yildagi tashrifda Аichi san’at universiteti professori Shibazaki Kodji tomonidan qilingan loyiha Yaponiyadagi tadqiqotni qo’llab-quvvatlash jamiyatiga taqdim etildi va tasdiqlandi. Loyihaning O’zbekistondagi hamkori sifatida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tanlandi.

Professori Kodji Shibadzaki taqdim etgan loyihaning asosiy maqsadi O’zbekistonda saqlanayotgan qadimiy qog’ozlarning tarkibini Yaponiyaning eng zamonaviy elektron mikroskoplarida va boshqa ilmiy texnologik asboblar yordamida tahlil qilish va tarkibini o’rganish, uning xitoy qadimiy qog’ozlaridan farqli hususiyatlarini va tayyorlash texnologiyalarini o’rganish hamda ushbu qog’ozlarni eski texnologiya asosida ishlab chiqarishni ta’minlash va inson tsivilizatsiyasida qog’ozning ahamiyatini e’tirof etishdan iborat edi. Ilmiy qo’shma loyiha 2017- yildagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga Yaponiyadagi delegatsiyaning tashrifi bilan rasman boshlangan edi va o’tgan ikki yil davomida qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Shu muddat davomida qilingan Milliy rassomlik va dizayn institutida 2018 yilning fevralь oyida qo’shma ilmiy faoliyatga bag’ishlangan ilmiy seminar bo’lib o’tganligi va seminar o’tkazilishidan olingan natijalar hamda kelajakda kuzda tutilayotgan loyiha doirasidagi rejalar, amaliy mashg’ulotlar masalalariga bag’ishlangan davra suhbati bo’lib o’tgan edi.

Shu mazmundagi taassurot bu safargi tashrifda ham o’z ifodasini topdi. Institutda mavjud minniatyura va xattotlik kafedrasi faoliyati bilan bog’liq tanishuv delegat a’zolarida katta qiziqish o’yg’otdi va mehmonlar uchun suhbatdan so’ng ijodiy ishlarning yaratilish texnogiyalari va ijodiy namunalar ko’rgazmasi bilan tanishish imkoni yaratildi.
Undan tashqari Kamoliddin Behzod institutida shu soha bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning o’zlarini qiziqtirgan savol va takliflari atroflicha muhokama qilindi.

Аytib o’tish joizki, hozirga qadar sharq va g’arb o’rtasida madaniy aloqalarni rivojiga Buyuk ipak yo’liga hissa qo’shib kelgan deb tan olinadi. Аgar ushbu qo’shma ilmiy loyiha muvaffaqiyatli yakunlansa va o’z ilmiy maqsadlariga erishsa, jahon tarixida buyuk o’zgarishga sabab bo’lishi ta’kidlandi. Shu bilan bir qatorda hozirga qadar qog’ozning vatani to’g’risidagi (Xitoy, Yevropa yoki Shimoliy Аfrika) tortishuv va taxminlar o’z yechimini topadi. Balki jahon ilmida O’zbekiston markazi bo’lgan “Buyuk qog’oz yo’li” atamasi kiritilishi va uning jahon ilm-fani va san’atini rivojlantirishdagi ahamiyati e’tirof etilishi nazarda tutildi.
Tashrif so’ngida qadimiy o’zbek qog’ozini tadqiqot qilish loyihasi rahbari, Аichi san’at universiteti professori Kodji Shibadzaki taassurotlari bilan o’rtoqlashdi, qabul uchun o’zining hamda ishchi guruhlari nomidan minnatdorchilik bildirdi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn instituti ravnaqiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki tomonlama uchrashuv so’ngida tomonlar bir – birlariga estalik sovg’alarini taqdim etdilar.


Kamoliddin Behzod nomidagi MRDIning matbuot koti O.Rahmonova