Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn instituti rektori N.B.Sayfullaevning “Navro’z ayyomi” tabrigi!

Assalomu-alaykum, aziz hamkasblarim!

Bugun yurtimizning barcha jabhalarida Navro’z  ayyomi keng nishonlanmoqda. Navro’z-mehr-muruvat, insonparvarlik, insonlarni ruhan birlashtiruvchi bayramdir. Barcha zamonlarda Navro’z orqali xalqning ma’naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o’ylari, go’zallikka, nafosatga bo’lgan munosabatlari ifodalangan. Navro‘zi olam – sharqona yangi yil o‘zining yangilanish, bahor nafasini boshlab kelishi, xalqimizning tabiati, ongu tafakkuri, qalbi-shuuriga chuqur singib ketgani, har qaysi oila, har qaysi xonadonga shodu xurramlik olib kirishi bilan biz uchun eng qadrli, aziz va suyukli milliy bayramdir.  Shu kunlarda Vatanimizning bepoyon hududlarida, shahar va qishloqlarida, so‘lim go‘shalarida Navro‘z sayillarini keksayu-yosh barcha yurtdoshlarimiz katta xursandchilik va baland ruh bilan o‘tkazayotgani buning yaqqol daragi va tasdig‘idir. Shunday ekan, ona vatanimni, mehnatkash, zabardast xalqimni, o’nib kelayotgan kelajak avlodlarimizni, shu bilan bir qatorda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn instituti akademik, professor – o’qituvchalari va xodimlarini yurtimizning yangilanish fasli bahor hamda  yasharish  bayrami “Navro’z” ayyomi bilan chin dildan qutlayman! Ushbu kunda sizni quvonch va shodlik tark etmasin! Yaratganning o‘zi el-yurtimizga, har bir oila, har bir xonadonga fayzu-baraka, baxtu-saodat olib kelsin, dasturxonimizni to‘kin, rizqimizni butun qilsin!

Yana bir bor Navro’z ayyomi barchamizga muborak bo’lsin !