Ta’lim va mutaxassis ko’rgazmasi

2019 yilning 28mart kunida  Yoshlar ijod saroyida Savdo sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi va “EXSPOCONTACT” kompaniyasining  20-xalqaro  “Ta’lim va mutaxassislik” ko‘rgazmasinining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro ko‘rgazmaning tashkil etilishidan  ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy mamlakatlar o‘quv yurtlarida, ta’limning zamonaviy metodikalari, texnologyalari bilan tanishib, shu asosda ta’lim berish, o‘zaro tajriba almashishga ko‘maklashish, shuningdek yoshlarga va keng ommaga o‘zlarini qiziqtirgan mutaxassisliklari bo‘yicha bilim olishlari imkoniyatlari borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdan iborat.

Ushbu ko‘rgazmaga nufuzli xalqaro bilim dargohlari, jumladan, Evropa, Osiyo,  Xitoy, Latviya, Rossiya kabi davlatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalari, yurtimizda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim muassasalari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar ishtirok etdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining barcha fakultetlari ham ushbu ko‘rgazmada o‘zlarining institut va fakultet faoliyatiga, erishgan yutuqlariga bag‘ishlangan  buklet, broshyura va ijodiy namunalar to‘plamidan iborat katologlar, ta’limda yangi innavatsion texnologiyalar asosidagi qo‘llanma, darsliklarini namoyish etdi. Institutga berilgan hududda tasviriy va amaliy san’at asarlari kurgazma doirasida nanoyish etildi.

Ko‘rgazma chog’ida  MRDI  yoshlari tadbirda ishtirok etayotgan barcha xorijiy oliy ta’lim muassasalari, xorijda ta’lim olishga ko‘maklashuvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashib ulardan xorijda ta’lim olish uchun yaratilgan sharoit, o’quv jarayonlarini borishi, online ta’lim turlari, ta’limning kredit tizimi va boshqa ko’plab o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.