“Furqat” madaniyat va istirohat bog‘ida “Navro‘z” umumhalq bayramida Kamoliddin Behzod nomidagi MRDI Tasviriy san’at fakulteti talabalarining ishtiroki

O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahar Mirobod tumani xokimligining 2019 yil 20-martdagi 276-sonli xatiga muvofiq,  2019 yil 22 mart kuni Mirobod tumanidagi “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘ida “Navro‘z” umumhalq bayrami bo‘lib o‘tdi. Qizg’in davom etgan bayram tadbirda  respublikamizning turli hududlaridan 100 ga yaqin  talaba-yoshlar, maktab o‘quvchilari o’zlarining iste’dodlari bilan ishtirok etdilar. Yosh rassom talaba va o’quvchilar o‘rtasida rassomchilik yo’nalishlari bo’yicha olib borilgan musobada ishtirok etdilar. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti  Tasviriy san’at fakultetidan 20 ga yaqin talabalar faol ishtirok etib, shundan Xattotlik va miniatyura yo‘nalishi 3-kurs talabasi Behzod Jo‘raboev  1-o‘rin uchun qo‘yilgan “Artel” televizori, Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi 2-kurs talabasi Chorshanbi Berdiev 2-o‘rin “Samsung”  Galegse tab6 plansheti sovrindorlari bo‘lishdi.