“HAYOT VA HAYOL” nomli ko‘rgazma

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining markaziy fo’esida  2019 yil 27  mart kuni  “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan  institutning “Multfilm va kompyuter multiplitkatsiyasi”  1-kurs magistri Dilbek To‘xtaqulov va “Dastgoh va kitob grafikasi” bakalavriyat ta’lim yo‘nalishining 2018 yil bitiruvchisi Quvondiq Shomurodovlarning tashabbusi bilan “Hayot va Hayol” deb nomlangan ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

Ko‘rgazmaning ochilish marosimiga O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova, O‘zBA tasarrufidagi Respublika tasviriy san’at maktabi o‘quvchilari, “O‘qituvchi” “Nashriyot” matbuot ijodiy uyi xodimlari tashrif buyurdi. Institut rahbariyati,  professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Mazkur ko‘rgazmani kirish so‘zi bilan O‘zBA bosh ilmiy kotibi F.Abidjanova ochib berdi. O‘z so‘zida F.Abidjanova “Xalqaro teatr kuni” munosabati bilan tadbir ishtirokchilari va ko‘rgazma tashkilotchilarini qutladi. Bugungi kunda san’atni rivojlantirishda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan tub islohotlar, ayni islohotlar zamirida ishlab chiqilayotgan loyihalar, yosh ijodkor talabalarga mustaqil kar’era uchun davlatimiz tomonidan keng imkoniyatlarni amalga oshirish yo‘lidagi  chora – tadbirlar haqida to‘xtalib o‘tdi.  

Shundan so‘ng “Teatr bezagi rangtavsir” kafedrasi dotsenti R.Rizamuhamedov so‘zga chiqib, “Xalqaro teatr kuni”  bilan tadbir ishtirokchilarini tabriklab, teatr bezagi dekoratsiyasi yo‘nalishida ta’lim bergan X.Ikromov, U.Voldenberg, G. Riftin, M.Musaev, T. Reshetnikova, E Kalantarov, V.Akudin, G.Brim, N.Kurbakulov kabi san’at namoyondalarini  xotirlab, ularning ijodidagi o‘ziga xosliklarini ta’riflab o‘tdi. Ana shunday ustozlar izidan borayotgan yosh iste’dod egalari Dilbek To‘xtaqulov va Quvondiq SHomurodovlarning ijodiga  muvaffaqiyatlar tiladi va tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi

“Minniatyura va kitob grafikasi” kafedra mudiri Jamshid Rashidov yosh qalam sohiblari ijodidagi nozik sehr hamda o‘ziga xos jihatlari  borasida so‘zlab berdi va kelajakda ijod yo‘lida bundan-da ulkan zafarlar tiladi.

Ko‘rgazma qahramonlari D.To‘xtaqulov va Q.SHomurodov institut rahbariyati tomonidan diplom bilan taqdirlandi.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mehmonlar, proffesor-o‘qituvchilar va talabalar yosh ijodkorlarning san’at namunalaridan bahramand bo‘ldilar.