Ushbu davra suhbatini o‘tkazish, 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabal-o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida  qaratilgan  edi.

Mazkur tadbirda institutning Murabbiylar kengashi raisi R.Xasanov, instiut YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Rasulmuhammedova, Fakultet dekanlari R.Norchaev hamda B.Sangirov, dekan o‘rinbosarlari X.Xasanov, O.Sayidov, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi. Uchrashuv doirasida o‘tkazilgan davra suhbatiga taklif etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlar doktori, professor S. SHermetov hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi M.Ulug‘bek tumani kengashi raisi N.SH.Nazarovlar ishtirok etishdi.  Tadbirni institut murabbiylar kengashi raisi R.Xasanov  ochib berdi. SHundan so‘ng R.Xasanov so‘zni Milliy tiklanish demokratik partiyasi M.Ulug‘bek tumani kengashi raisi SH.N.Nazarovga berdi.   

N.Nazarov so‘zga chiqib: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida shu yil
19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish,
ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil
etishga alohida etibor qaratdi. Partiya faoliyati
va uning bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

         SHundan
so‘ng, O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi katta ilmiy xodimi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlar
doktori, professor S. SHermetov so‘zga chiqib, «Prezidentning
ilmli va ma’naviy salohiyati yuksak, ma’rifatli shaxslar safini kengaytirish
borasidagi takliflari, Fanlar akademiyasiga ko‘plab yosh akademiklarni safi kengaygani,
prezident nutqida buni «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish,
buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli
yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
vazifasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi» deya e’tirof etganiga alohida to‘xtaldi.

         Davra suhbati
so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollariga mutaxasislar tomonidan etarlicha
javoblar berildi.