Kitobxonlik- ijodiy she’riyat kechasida shoira Gulbahor Jumaaeva bilan uchrashuv

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomomlik va dizayn institutida  2019 yil 17 aprel kuni Institut xotin-qizlar kengashi raisi Odina Otajonova tashabbusi bilan  iste’dodli shoira Gulbahor Jumaeva bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Sanobar Rasulmuhammedova shoiraning ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar bilan ochib berdi. Tadbir davomida shoira o‘zining sevib o‘qiydigan  qiziqarli yoshlarga oid she’rlaridan talabalarga o‘qib berdi.

Davra suhbati davomida shoira  o‘zining ijod gulshanidan bir qator she’rlari “Zamonaviy sharq adabiyoti” to‘plamiga kiritilganligini  mamnuniyat bilan tilga oldi.  G. Jumaeva o‘ta kamtarin,  yosh boladek beg‘ubor qalb sohibasi ekanligi talabalarda o‘zgacha taasurot qoldirdi.  Uning “Vatan”, “Bolam”, “Buzuq tarozi”, “Kapalak”, “Shukrona”, “Ko‘nglim mendan o‘chingni olma!”, “Cho‘li iroq” nomli qator she’rlari muallif tomonidan  ifodali qilib o‘qildi. 

Davra ishtirokchilari qalbida “Bo‘ldi yig‘lamayman” deb nomlangan she’ri  barchani to‘lqinlantirib yubordi va uzoq olqishga  sabab bo‘ldi.  Qiziqarli  ijodiy kecha davom etar ekan, shoira o‘zining 3 aprel sanasida sog‘lig‘i bilan bog‘liq bo‘lgan bir  voqeani ifodalab  yozgan  “Yolg‘onchi aprel” nomli she’rini o‘qidi va bu she’r talabalar uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ijodkor ushbu she’rda keltirgan misralari  orqali inson qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’iy nazar insonga xos bo‘lgan: shirin so‘zlik,  xushmuomalalik, dilozorlikka izn bermaslik  kabi hislatlarlar umr davomida unutmaslik lozimligiga  ishora qilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shoir  she’r o‘qishda davom etar ekan,  “sevgi mavzusida she’r yozmagan shoir-shoir emas”  – deydi u.  Sevgi–muhabbatga bag‘ishlab   “Yolg‘izginam, bo‘lgin yolg‘izim” nomli  she’rini  yoddan o‘qib berar ekan, xush yoquvchi bunday she’r  talabalarda o‘ziga xos ko‘tarinkilik kayfiyatini baxsh etdi.

She’riy kechani yanada qiziqarliroq o‘tishi uchun  hazilomus she’rlaridan “SMS”, “Yolg‘onchiga” , “Fonagramma”,    nomli she’rlarini ham o‘qib berdi. Shoiraning “Ona” nomli she’rini eshitgan inson borki, qalbi jo‘mbushga kelmay iloji bo‘lmadi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi O.Otajonova shoirlar bilan bunday uchrashuvlar ijodkor talabalar uchun juda katta ilhom manbai ekanligini uqtirib, talabalarni she’riyat bilan oshno bo‘lishga, buning uchun ko‘plab kitoblar o‘qishga chorladi.

     Amaliy san’at fakulteti “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha  dekan o‘rinbosari F.Hasanova she’riyat nafaqat sheriyat ixlosmandlari balki, tasviriy va amaliy san’at  yo‘nalishlari ijodkori qalbida haam nafis tuyg‘ularni jo‘sh urishida hamda she’riyatni tinglash orqali ularda ma’naviy olamini yuksalishida ma’naviy hissasi katta ekanligini ta’kidladi. Shu bilan birga u,  “yosh ijodkorlar davrasida mana shunday she’riyatxonlik kechalari va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tez-tez tashkil etilib turilsa, maqsadga muvofiq bulardi” – deya, taklifini bildirdi.  

      Talabalar shoiraning hayoti va ijodiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga kamtarona javob oldilar. G.Jumaeva yig‘ilganlarga tez kunda “Oq daryo” nomli she’riy to‘plami nashrdan chiqishi kutilayotganligini va she’riyat ixlosmadlariga havola etilishi haqida aytib o‘tdi. Tadbir so‘ngida shoira o‘zing “Yashil iztirob” nomli  she’rini o‘qib suhbatni yakunladi. Talabalar o‘zlarini dil izhorlarini va kechadan olgan taasurotlarini bildirdilar.