Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutitning “Iftixor” jamoasi   bugun 19 aprelda Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida respublika miqyosida  bo‘lib o‘tgan “Tafakkur sinovldari” tanlovining  yakuniy saralash bosqichi o‘zaro bellashuvida 1–chi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Bu kabi tanlovlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohotlarda talaba-yoshlarning faol ishtirokini ta’minlaydi, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlaydigan, O’zbekistonning eng yangi tarixi davrida siyosat va huquq sohalaridagi o’zgarishlar va erishilgan yutuqlar bo’yicha siyosiy-huquqiy bilimlarini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Ushbu jamoaga institut nomidan minnatdorchilik bildirgan holda, ulkan zafarlar tilab qolamiz!