Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2019 yil 2 aprelda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Oliy Majlis sessiyalari materiallari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining mazmun-mohiyatini tanishtirib borish bo‘yicha” davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Ushbu davra suhbatini o‘tkazish, 2019 yilning yanvar-aprel oylari davomida ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabal-o‘quvchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida  qaratilgan  edi.

Mazkur tadbirda institutning Murabbiylar kengashi raisi R.Xasanov, instiut YOshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i S.Rasulmuhammedova, Fakultet dekanlari R.Norchaev hamda B.Sangirov, dekan o‘rinbosarlari X.Xasanov, O.Sayidov, guruh murabbiylari va talabalar ishtirok etishdi. Uchrashuv doirasida o‘tkazilgan davra suhbatiga taklif etilgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlar doktori, professor S. SHermetov hamda Milliy tiklanish demokratik partiyasi M.Ulug‘bek tumani kengashi raisi N.SH.Nazarovlar ishtirok etishdi.  Tadbirni institut murabbiylar kengashi raisi R.Xasanov  ochib berdi. SHundan so‘ng R.Xasanov so‘zni Milliy tiklanish demokratik partiyasi M.Ulug‘bek tumani kengashi raisi SH.N.Nazarovga berdi.   

N.Nazarov so‘zga chiqib: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev raisligida shu yil 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga alohida etibor qaratdi. Partiya faoliyati va uning bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

         SHundan so‘ng, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, biologiya fanlar doktori, professor S. SHermetov so‘zga chiqib, «Prezidentning ilmli va ma’naviy salohiyati yuksak, ma’rifatli shaxslar safini kengaytirish borasidagi takliflari, Fanlar akademiyasiga ko‘plab yosh akademiklarni safi kengaygani, prezident nutqida buni «Kelgusi yilda ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, buning uchun zarur moliyaviy resurslarni safarbar etish, ushbu jarayonda iqtidorli yoshlar ishtirokini, ijodiy g‘oya va ishlanmalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash vazifasi e’tiborimiz markazida bo‘ladi» deya e’tirof etganiga alohida to‘xtaldi.

         Davra suhbati so‘ngida talabalar tomonidan berilgan savollariga mutaxasislar tomonidan etarlicha javoblar berildi.