O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi bugungi kunda yurtimiz bo’ylab keng nishonlanmoqda. har bir tashkilot va muassasa bu bayramni munosib kutib olish uchun harakat qilmoqda. O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirlardan biri bugun Mirobod tuman hokimligi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida Toshkent temir Yo’llar muhandislik institutida bo’lib o’tdi.

Tadbirda «Tasviriy san’at» fakultetining bir guruh talaba va ustozlari ham faol qatnashib, o’zlarining ko’rgazmalarini tashkil etdilar.

Bu ko’rgazma tadbir ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi.