O’zbekiston Badiiy Akademiyasi Badiiy Ijodkorlar uyushmasining anjumanlar zalida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tomonidan tashkillashtirilgan “O’zbekiston tasviriy san’atida Pavel Binkov fenomeni va uning maktabi” mavzusidagi P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 100 yilligiga bag’ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konfrensiya bo’lib o’tdi.

Konfrensiyani P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi direktori Umedjon Xakimov kirish so’zi bilan ochib berdi. U barcha yig’ilganlarga o’z minnatdorchiligini bildirib bu kun O’zbekiston rassomchiligi uchun alohida kun alohida bayram bo’lishiga umid bildirdi.
Shundan so’ng konferensiya moderatori, O’zbekiston badiiy akademiyasi bosh ilmiy kotibi Feruza Abidjanova so’z olib, yig’ilganlarni P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining 100 yilligi bilan yana bir bor qutladi hamda konfrensiyani ochiq deb e’lon qildi.
Konferensiyada “Pavel Binkov va Sharq” nomli ma’ruzasi bilan ishtirok etgan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi dotsenti, san’atshunoslik fanlari nomzodi Ravshan Fatxullayev P. Binkovning, avvalo, shaxsiyati uning avtobiografyasiga alohida urg’u berdi.



P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining “Amaliy san’at” kafedrasi o’qituvchisi Durdona Shamsiyeva o’zining “Badiiy ta’lim tizimida P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining o’rni” nomli ma’ruzasida esa maktabning buguni, ta’lim yo’nalishlari hamda maktabning yutuqlariga to’xtalib o’tdi. Ma’ruza so’ngida esa maktabning yanada rivojlantirishga qaratilgan mulohazalarini ham ilova qilib o’tdi. Shuningdek, konferensiyada O’zbekiston Badiiy Akademiyasining akademiklari Akbar Hakimov, Marina Borodina, Nigora Axmedova, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o’qituvchilari Kultasheva Nigora, Alimqulova Dilzodalar ham o’z maruzalari bilan ishtirok etdilar.

Konferensiya so’ngida esa barcha ma’ruzachilar konferensiya tashkilotchilari tomonidan maxsus sertifikatlar hamda P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar

Shundan so’ng P. Binkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabining faoliyati tarixi va 100 yilligiga bag’ishlangan katalog taqdimoti o’tkazildi. Katalog maktabning shonli o’tmishi va buguni juda aniq ifodalangani bilan yig’ilganlarga manzur bo’ldi.