Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti O’zbek tiliga bo’lgan hurmat va ehtirom davom etmoqda. Bugun “Tillar va adabiyot” kafedrasi tomonidan “Til bor ekan – millat barhayot” nomli tadbir bu ehtiromning yana bir ko’rinishiga aylandi.
Tadbir tilimizning keng imkoniyatlarini o’zida ifoda etgan she’rlar bilan boshlandi. Shundan so’ng so‘z Ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektor Alieva Surayyo Sharipovnaga berildi.

Ustoz o’zlari va institumiz rahbariyati nomidan barchani bayram bilan yana bir bor qutladilar hamda tilimiz millatimizning ko’zgusi, qalb torlarining eng nozik jilosini ham o’zida ifoda eta oladigan go’zal so’zlarga boyligini ta’kidladilar! Shundan so’ng tadbir davra suhbati ko’rinishida davom ettirildi. Unda mehmon sifatida ishtirok etgan ustozlar Filologiya fanlari doktori, professor O’zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi, «O’zbek tili, adabiyoti va folklori» instituti direktori Nizomiddin Mahmudov hamda Falsafa fanlari doktori, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To’ychiyevalar so’z olib milliy tilimizning ahamiyati bugungi kunda jahondagi o’rniga batafsil to’xtalib barchani tilimizdan faxrlanishga va unga xizmat qilishga chaqirdilar. Nizomiddin Mahmudov talabalarga tilimizning ahamiyati va tarixini, bugungi kunda tilimizga berilayotgan e’tiborlik qanchalik yuksak darajada ekanligini so’zlab berdilar. Shoira Sayyora To’ychiyeva ham o’z fikrlarini bayon etish barobarida o’zlarining maftunkor she’rlari orqali yig’ilganlarga ko’tarinkilik baxsh etdilar.

Institutimiz talabalari ham ushbu davra suhbatida faol ishtirok etib, Tilimizni asrash va rivojlantirish bo’yicha o’z fikrlari bilan o’rtoqlashdilar hamda mehmonlarga o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etdilar.

Tadabirda ishtirok etayotgan talabalarimiz o’zlarining milliy raqslari orqali barchani xushnud etdilar. Har bir tilning eng go’zal qirralari bu adabiyotda, ayniqsa, she’riyatda ko’zga tashlanadi. Shuni hisobga olgan talabalar she’riy chiqishlari orqali tilimizning naqadar boy ekanligini namoyish etdilar.
Shundan so’ng tadbirda instituti qoshidagi talabalar teatr studiosi tomonidan sahnalashtirilgan spektakl namoyishi bo’lib o’tdi. Bu spektakl mashhur adib Chingiz aytmatovning «Asrga tatigulik kun» asarida keltirilgan «Manqurt» hikoyasining Nigina Abdurazzoqova insenirofkasi asosida sahnalashtirildi. ushbu spektaklda institutimizning «Tasviriy san’at» fakulteti mahoratli talabalari faol ishtirok etdilar. Spektakl mavzusining dolzarbligi aktyorlar mahorati bugungi tadbirning ton ma’nodagi bezagiga aylandi. Manqurt bu – o’zini, o’zligini, dinini, tilini unutgan inson. Uning falokatli taqdiri barchani ogohlikka, ruhiy dunyosini asrashga o’zligini himoya qilishga chorlaydi. Shuning uchun bu spektakl barchaning mehrini qozondi.

Shuningdek tadbir so’ngida institutimiz rahbariyati tomonidan qadrli mehmonlarga tashakkurnoma va esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Til bor ekan – millat barhayot! Buni bugungi tadbir yana bir bor namoyish etdi