Kamoliddin  Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “San’atshunoslik” fakulteti, “Muzeyshunoslik (muzey menejmenti va madaniy turizm)” va “Muzey pedagogikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari “Ekskursiyashunoslik” fani dasturi asosida Respublikamizda faoliyat yuritayotgan “O‘zbekiston amaliy san’ati va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi”, “O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi”, “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tarixi davlat muzeyi”, “Aloqa tarixi muzeyi” hamda Olmaliq shahridagi “Qirq qiz” ziyoratgohlariga tashrif buyurib ekskursavodlar mahoratini kuzatib, tahlil qilib, keyingi darsda o‘zlari ekskursiya o‘tmoqdalar hamda muzey xodimlari tomonidan baholanishmoqda. Shu bilan birga talabalar har bir muzeyda ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini o‘rganib, o‘z takliflarini ishlab chiqishmoqda.