Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida xalqaro hamkorlikka keng yo’l ochilgan. Oliy ta’lim muassalarida ta’lim olayotgan talabalar o’z yo’nalishlari bo’yicha chet el oliygohlarida ta’lim olish uchun barcha imkoniyatlarga ega. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida ham hozirda xalqaro hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda Institutimiz xorijiy hamkorlar bilan 38 ta  shartnoma imzolagan bo’lib, har yili 30 dan oshiq talaba “Talabalar almashinuvi” dasturi doirasida chet elda ta’lim olib kelmoqda. Ayni paytda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 12 nafar talabasi Malayziya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Ispaniya, Italiya kabi dunyoninig rivojlangan davlatlarida ta’lim olishmoqda.


Jumladan: “Dizayn” fakulteti 4-bosqich talabalari Qurbanova Zebuniso Qahramonjon qizi, Djamalova Kamola Yalkunovna, Axmadjonov Temur Qodirovich va Saidov Rustam Azimjon o’g’li institutda malakali kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirish uchun mutaxasisliklari bo’yicha “Erasmus+” loyihasidan olingan grant (Xalqaro kredit mobilligi) asosida Ispaniyaning Mursiya Dizayn oily maktabida, “Tasviriy san’at” fakulteti 2-bosqich talabasi Halimbekov Yoqubbek Ibrohimjon o’g’li Janubiy Koreyaning Kemyon universitetida, “San’atshunoslik” fakulteti 2-bosqich talabasi Qo’chqorov Asatilla Sunnatillayevich Gachon  universitetida,  “Tasviriy san’at” fakulteti 2-bosqich talabalari Azimova Mokxina Bobir qizi, Jabborova  Zumrat Zafar qizi, hamda “Amaliy san’at” fakulteti 2-bosqich talabasi  Gulyamnazarov Jamshid Shuxratovichlar Malayziyaning Pendidikan Sultan Idris universitetida, “Dizayn” fakulteti 3-bosqich talabalari Mahmudova Madina Ibragimjonovna va Karabayeva Shaxzoda Anvar qizi “Erasmus+” loyihasidan olingan grant asosida Birmengham Siti universitetida tahsil olmoqdalar.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik instituti bilan imzolangan anglashuv Memorandumlariga asosan Koreya Respublikasidagi Gachon, Kemyon, Dekyong,Degu Xaani universitetlari, Xitoy Xalq Respublikasidagi Shanxay, Shenyan Aerakosmik, Nantong universitetlari,  Tailanddagi Channapatana Xalqaro Dizayn instituti hamda Malayziyadagi Sulton Idris pedogogika Universitetlarining 2019-2020-o’quv yilining kuzgi semestirida 4 oylik talabalar almashinuvi dasturlari ochilganini ma’lum qilamiz.

Chet el hamkor universitetlarida malaka oshirish yoki tahsil olish istagini bildirgan professor-o’qituvchilar yoki talabar joriy yilning 15-noyabr kuniga qadar institumizning Xalqaro hamkorlik bo’limiga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o’tamiz.