Ma’lumki, bugungi kunda eng taraqqiy etayotgan hamda talab yuqori bo’lgan sohalardan biri bu shubhasiz IT sohasi hisoblanadi.

Axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlashda professional tizimni takomillashtirish, mehnat bozorida malakali IT mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasini muvafaqqiyatli amalga oshirish aholining kundalik hayotiga raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb etishni ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va IT –Parki qo’shma tashabbusi asosida IT mutaxassislari tayyorlash bo’yicha “Future Skills Uzbekistan” yangi o’quv loyihasi joriy qilindi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi axborot texnologiyalari bo’yicha kompleks o’quv dasturi orqali malakali IT mutaxassislar sonini ko’paytirishdan iboratdir.

Qadrli talaba-yoshlar ishtirok eting va IT bo’yicha mutaxassisga aylaning.

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug’bek tumani “Tepamasjid” ko’chasi 4.

Murojaat uchun telefon: 71 209 11 99