Mart oyidan kontraktlar narxi oshadi!!!


2018 yil 13 oktyabrdagi Prezident Farmoniga binoan, 1 noyabrdan eng kam oylik ish haqi miqdorlari 10% ga oshirilgan edi.

Xabaringiz bor, o’tgan yili ilk marotaba OTMlardagi to’lov-kontraktlar miqdori eng kam ish haqiga bog’lab qo’yilgandi.

Bu esa shuni anglatadiki, ish haqlari oshsa, kontrakt ham xuddi shuncha foizga oshadi. Faqat qoidaga binoan, EKIH miqdori oshirilganda kontraktlar navbatdagi semestrdan boshlab oshiriladi.

Demak, noyabrda oshgan ish haqlari mart oyidan boshlab o’quv yilining 2-yarmi uchun to’lanadigan kontraktga ta’sir qiladi.

Xullas, 2-semestrdan kontrakt miqdorlari quyidagicha bo’ladi:

BАKАLАVRIАT
(kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim uchun)

1-toifa: 45 barobar – 9 mln 122 ming 850 so’m
2-toifa: 46 barobar – 9 mln 325 ming 580 so’m
3-toifa: 50 barobar – 10 mln 136 ming 500 so’m
4-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so’m
5-toifa: 60 barobar – 12 mln 163 ming 800 so’m

Toifalarga qaysi ta’lim yo’nalishlari to’g’ri kelishini mana bu yerdan ko’rishingiz mumkin.

MАGISTRАTURА

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so’m
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so’m
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so’m
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so’m
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so’m

MАXSUS SIRTQI

1-toifa: 15 barobar – 3 mln 40 ming 950 so’m
2-toifa: 17 barobar – 3 mln 446 ming 410 so’m
3-toifa: 20 barobar – 4 mln 54 ming 600 so’m
4-toifa: 22 barobar – 4 mln 460 ming 60 so’m
5-toifa: 27 barobar – 5 mln 473 ming 710 so’m

IKKINChI MUTАXАSSISLIK
(kunduzgi, sirtqi)

1-toifa: 49 barobar – 9 mln 933 ming 770 so’m
2-toifa: 51 barobar – 10 mln 339 ming 230 so’m
3-toifa: 55 barobar – 11 mln 150 ming 150 so’m
4-toifa: 61 barobar – 12 mln 366 ming 530 so’m
5-toifa: 66 barobar – 13 mln 380 ming 180 so’m

IKKINChI MUTАXАSSISLIK
(sirtqi (2017/2018 o’quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1-toifa: 25 barobar – 5 mln 68 ming 250 so’m
2-toifa: 26 barobar – 5 mln 270 ming 980 so’m
3-toifa: 28 barobar – 5 mln 676 ming 440 so’m
4-toifa: 31 barobar – 6 mln 284 ming 630 so’m
5-toifa: 33 barobar – 6 mln 690 ming 90 so’m

Аgar kimdir kontraktini oldindan 1 yillik to’lab qo’ygan bo’lsa ham, baribir 2-semestr uchun yuzaga kelgan farqni qo’shimcha to’lov qilishiga to’g’ri keladi.