“Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda vazirlik huzuridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ilk marotaba o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi.

Tanlov OTM talabalari o‘rtasida uch bosqichda o‘tkazilib, unda jami 316 nafar yoshlar ishtirok etdi. 

“Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi” 

Sardor Bozorboyev – O‘zbekiston milliy universiteti talabasi 

“Yilning eng tashabbuskor talabasi 

Sardor Berdiyev – Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali talabasi 

“Yilning ixtirochi talabasi” 

Umid Ravshanov – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali talabasi 

“Yilning sportchi talabasi” 

Bektemir Meliqo‘ziyev – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi 

“Yilning ijodkor talabasi”

Sanjarbek Azimov – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi 

Shuningdek, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi” nominatsiyasida Toshkent davlat agrar universiteti talabasi Mohinur Jo‘rayeva hamda “Yilning eng faol notiq talabasi” nominatsiyasida Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali talabasi Gavharoy Usmonxo‘jayeva g‘olib bo‘lishdi. 

Tanlov nizomiga ko‘ra har bir nominatsiya bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari tanlov statuetkasi va EKIH o‘n barobari, 2-o‘rin sohiblari sakkiz barobari, 3-o‘rin sohiblari besh barobari miqdorida pul mukofoti va diplom bilan taqdirlandi.