Istiqbol rejalar

1.Joriy etilayotga zamonaviy texnologiyalarga oid bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishni hisobga olgan holda talabalarni o‘qitishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va o‘quv jarayoniga joriy etish;
professor-o‘qituvchilarning kasbiy bilimi, pedagogik mahorati va ilmiy salohiyatini muntazam ravishda oshirish, xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etishda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
2. Fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash orqali manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-texnik vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan amaliy va innovatsion izlanishlarni amalga oshirish;
3.Tasviriy, amaliy va dizayn san’at sohasi uchun kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini yaratish, institutga  biriktirilgan tasviriy san’at va dizayn kollejlari ta’lim dasturlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ularda sifatli ta’lim berilishini tashkil etish;
oliy ta’lim muassasasini bitirayotgan kadrlarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy faoliyati monitoringini tizimli tashkil etish.