Yo’riqnoma

Yo’riqnioma

1-bo’lim.
Umumiy qoidalar

1.1.
Ushbu oliy ta’lim muassasasi O’zbekiston Badiiy Akademiyasi tassarufidagi
institut hisoblanib,
muassasaning odob-axloq
qoidalari
(bundan buyon matnda “qoidalar”
deb yuritiladi) O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Yoshlarga
oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi va “Axborot erkinligi printtsiplari va kafolatlari
to’g’risida”gi qonunlar, O’zbekiston Badiiy Akademiyasining tegishli buyruqlari,
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli buyruqlari, institutning
Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar
asosida ishlab chiqilgan.

«qoidalar”
ishlab chiqilishida O’zbekiston Respublikasi ta’limga oid qonun xujjatlarida fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish,
kasb-hunar
o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilashga hamda har kimning bilim olishdan
iborat konstituttsiyaviy huquqini ta’minlashga, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini
ishlab chiqish va joriy etishga
haratilganligi sababli institutning asosiy funkttsiyasi ta’lim va tarbiya
berishdan iborat ekanligi
nazarda tutilgan.

1.2.
«qoidalar” institut Ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga
kiradi va unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar
kiritish Ilmiy kengash haroriga binoan amalga oshiriladi.

1.3.
«qoidalar” institutning ma’muriyati, professor-o’qituvchilari, xodimlari va
talabalari (jamoa a’zolari)ning institutga oid o’zaro munosabatlaridagi odob-axloq
tamoyillari, rioya etishlari
shart bo’lgan xulq-atvor qoidalari va majburiyatlarini belgilab beradi.

1.4. «qoidalar”ga rioya qilish institut jamoa
a’zolarining barchasi uchun majburiydir.

1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir
shaxs «qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o’z
zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.

1.6. Institut jamoat, davlat va nodavlat
tashkilotlari, ta’lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub’ektlari, ommaviy
axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabatlarda
“qoidalar”dagi ko’rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

2-bo’lim. Maqsad va vazifalar

2.1. “qoidalar”ning ma?sadi institutda sog’lom
ma’naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda
obro’-etiborini asrab-avaylash, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, institutning
jamiyatdagi hamda ta’lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.

2.2. “qoidalar”ning asosiy vazifalari:

– yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga zga, jamiyat,
davlat va oila oldida o’z mas’uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi
siyosatini to’g’ri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va
tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga
ega bo’lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg’oq mutaxassislarni
tayyorlash;

– institut jamoa a’zolarining ma’naviy immunitetini
shakllantirish, saqlash va himoya qilish;

– yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan
zo’ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot  qilishga haratilgan har qanday   xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan,
yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli
tahdidlar  hamda biz uchun yot bo’lgan
diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya
qilishga ko’maklashishdan iborat.

3-bo’lim. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga   oid umumiy qoidalar

3.1. Institutda hamjihatlik, o’zaro ishonch, hurmat,
bir-biriga g’amxo’rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o’zaro
munosabatlaridagi muhim shartlardir.

3.2. Institutda o’zaro munosabatlarning asosiy
tamoyili – bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim,
jumladan jamoa a’zosining so’z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat
qilish, o’zaro munosabatlarda umume’tirof etilgan axloq qoidalarini
namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi bebayo so’zlardan foydalanish huquqini
kafolatlamaydi, e’tiqod erkinligi diniy marosim liboslarida Institutga kelish huquqini
kafolatlamaydi, kiyinish erkinligi ta’lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy
ta’sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3. Jamoa a’zolarining institutga odamlar diqqatini tortadigan
tanani shaffof ko’rsatib turadigan, elka, ko’krak va qorin, shuningdek tizzadan
yuqori qismlari ochiqqoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat
libosida, metall zanjirlar, to’g’nog’ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan
holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi taqiqlanadi. Jamoa a’zolari
Institutga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelishi lozim.

3.4. Jamoa a’zosining sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi
hamda xalqimizning ma’naviy merosini avaylab asrash maqsadida jamoa a’zolari
bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, bebayo so’zlar ishlatishi qat’iy
taqiqlanadi hamda institutda o’zaro “Siz” deb murojaat qilish odat tusiga
kirishi lozim.

3.5. Institut jamoa a’zolari turli tadbirlarda
(majlislar, tantanali yiqilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlarda) so’zga chiquvchilarga  nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish,
maishiy tinchlikka rioya etishi shart. Zarurat taqozo ztsa, bir notiq o’z
so’zini tugatib, boshqasi so’z boshlashiga qadar yuzaga keladigan uzilish vaqtida
zaldan chiqib ketish mumkin.

3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga
kelsa, talabalar professor-o’qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni
o’zlaridan oldin o’tkazib yuborishlari lozim.

3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib
chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga o’z
shaxsini tasdiqlovchi xujjatni ochiqholda ko’rsatishi shart.

3.8. Jamoa a’zolari institut hududida yo’lning o’ng
tomonidan yurishlari kerak. Bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari,
bunda: talabalar professor-o’qituvchilar va xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga,
yoshlar kattalarga birinchi bo’lib salom berishlari tavsiya etiladi . Bundan qo’l
berib so’rashish istisno bo’lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo’lib qo’l uzatganidan
keyingina unga javoban qo’l uzatish mumkin.

3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan
yoki institutning ichki muammolariga taalluqli 
masalalarni Internet tarmog’iga  joylashtirish
yoki undan turli maqsadlar  yo’lida
foydalanish taqiqlanadi.

3.10. Kompyuterlarda institutga tegishli bo’lmagan
ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, bebayo
suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday   materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish
va targ’ib etish qat’iyan man etiladi .

3.11. O’quv mashg’ulotlariga va ishga hamda jamoa a’zolarining
osoyishtaligiga halaqit beradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik, televizor,
magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz  foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.

3.12. Institut jamoa a’zolari dars mashg’ulotlari va
ishga belgilangan kun tartibiga ko’ra o’z vaqtida kelishlari shart.

3.13. Institutda har qanday   huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi, shu
jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy
zarar etkazishi mumkin bo’lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqorolik
muomalasidan chiharilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar,
psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy
tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakalchilikka asoslangan boshqa
o’yinlar o’ynash qat’iyan man etiladi .

4-bo’lim. Professor-o’qituvchilar va talabalarning
ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari

4.1. Professor-o’qituvchilar va talabalarning
ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari “Ustoz-shogird” milliy
an’analariga asoslanishi lozim.

4.2. Professor-o’qituvchi auditoriyaga kirganida
barcha talabalar o’rinlaridan turib salomlashishlari, so’ngra o’z joylarini egallashlari
lozim.

4.3. Dars mashg’ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan
foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.

4.4. Talaba o’zining nojo’ya harakatlari bilan dars mashg’ulotlariga
halaqit bersa, Professor-o’qituvchi yuzaga kelgan vaziyat haqida dekanatni
xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg’ulotlardan chetlatishi
mumkin.

4.5. Talabada Professor-o’qituvchi bilan O’quv
mashg’ulotlaridan tashhari vaqtda muloqot qilish zarurati bo’lsa, unda talaba quyidagi  qoidalarni, ya’ni:

– Professor-o’qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq
mashg’ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlarni, reyting nazoratini
topshirishda yoki o’zaro kelishuv bo’yicha belgilangan vaqtda shug’ullanishini;

– o’zi muloqot qilmoqchi bo’lgan professor-o’qituvchining
lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.

4.6. Talaba oldindan kelishilmagan holda professor-o’qituvchining
huzuriga kelsa, umumiy yoki o’zaro kelishilgan maslahat soatiga kech qolib kelgan
yoki kelmagan bo’lsa, professor-o’qituvchidan hatto  qisqa 
vaqt suxbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.

4.7. Ayrim hollarda talabalar professor-o’qituvchini almashtirish
iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo’pollik,
ta’magirlik, professor-o’qituvchining aybi bilan mashg’ulotlar o’tkazilishidagi
muntazam uzilish qollarini isbotlovchi dalillar) ko’rsatilishi va u bo’yicha guruhning
yagona fikri mavjud bo’lishi shart.

4.8. Professor-o’qituvchi bilan talaba o’rtasida
reyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kelib chiqqan qollarda, talaba
reyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat berish iltimosi
bilan kafedra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan
bo’lishi shart. Bunday masalalar kafedra mudirining taqdimnomasiga binoan
fakultet dekani tomonidan hal etiladi .

5-bo’lim. Professor-o’qituvchilarning o’zaro
munosabatlari

5.1. Professor-o’qituvchilarning o’zaro
munosabatlarida – yagona jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik,
halollik va adolat tamoyillari amal qilishi lozim.

5.2. Professor-o’qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga
hurmatsizlik qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intelektual mulkini
o’zlashtirib olish, qo’pollik, bebayo so’zlar ishlatish, mushtlashish,
o’zgalarga ma’naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qat’iyan man etiladi .

6-bo’lim. Xodimlarning majburiyatlari.

6.1. Institut Ustavi va Ichki tartib qoidalariga qat’iy
rioya qilish;

6.2. O’z xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va
sha’niga dog’ tushirmaslik;

6.3. Ish jarayonida muloqot qiladigan institut
xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan hushfe’l munosabatda bo’lish;

6.4. Mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va
ishlab chiharish sanitariyasiga doir qoidalarga rioya qilish;

6.5. Kiyinish madaniyatiga rioya qilish, institut hududida
, jumladan, dars o’tayotgan xonalar va boshqa binolar va tashqi joylarida
ibodat liboslarini (o’rangan holda) kiymaslik (O’zbekiston Respublikasining
Ma’muriy javobgarlik to’g’risida Kodeksining 184-1-moddasi) yoki diqqat e’tiborni
o’rta jalb qiluvchi kiyimlarda yurmaslik;

6.6. Institut bo’limlari, fakultet, kafedra va
laboratoriya mol-mulkiga avaylab munosabatda bo’lish.

7-bo’lim. Talabalarning o’zaro munosabatlari

7.1. Talabalarning o’zaro munosabatlarida – yagona
jamoa, o’zaro hurmat va e’tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat
tamoyillari amal qilishi lozim.

7.2. Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik
qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intelektual mulkini o’zlashtirib
olish, qo’pollik, bebayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma’naviy,
moddiy yoki jismoniy ziyon etkazish qat’iyan man etiladi .

8-bo’lim. Professor-o’qituvchilarning odob-axloqga oid
majburiyatlari

– odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga
namuna bo’lish;

– institut manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan
o’zlarini tiyish;

– biror – bir noxush voqea yoki hodisa ro’y bersa,
zudlik bilan u haqida ma’muriyatga xabar berish;

– institut sha’ni va nufuziga dog’ tushiradigan har qanday
holatlarning oldini olish;

– institut to’g’risidagi axborotlardan uning
manfaatlari va obro’siga ziyon etkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida
foydalanmaslik;

– dars jarayonida talabalarga odob-axloqga oid milliy
an’analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ’ib qilish;

– yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini haror
toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli
tahdidlar  hamda biz uchun yot bo’lgan diniy
va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan ogoh etib
borish;

– ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning
va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish.

9-bo’lim. Talabalarning odob-axloqga oid
majburiyatlari

a) Institut hududida :

– hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko’rsatib
kirish;

– hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi
urnalarga tashlash;

– ustozlar bilan duch kelganda salom berish;

– O’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda sababsiz
yurmaslik;

– institut mulki (ko’char va ko’chmas mulki, o’simlik
va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

– kiyinish va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

– mutasaddilarning ruxsatisiz turli reklama
vositalarini osmaslik;

– maishiy tinchlikka rioya qilish;

– narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlar
iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga harshi kurashish. O’zbekiston
Respublikasi qonunchiligiga  muvofiq yuqoridagi
qolatlar haqida tegishli tashkilotlarga o’z vaqtida xabar bermaslik
javobgarlikka sabab bo’lishi aloqida qayd etiladi .

b) auditoriyada:

– uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;

– dars vaqtida gaplashmaslik;

– jihozlarga madaniy munosabatda bo’lish, partalarga
yozmaslik;

– qog’oz va boshqa keraksiz narsalarni qoldirib ketmaslik;

– ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

v) umumiy ovqatlanish joylarida:

– taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;

– tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi
kattalarga hurmat ko’rsatish;

– ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

– umumiy ovqatlanish shaxobchasida belgilangan tartib-qoidalarga
rioya qilish.

g) axborot resurs markazida:

– ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo’lish;

– kitoblar va jihozlarga eqtiyotkorona  munosabatda bo’lish;

– baland ovozda so’zlashmaslik va atrofdagilarga halaqit
bermaslik;

– qog’oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib ketmaslik;

– kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga
rioya qilish.

d) talabalar turar joylarida:

– mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar etkazmaslik;

– elektr-energiyasi, gaz va suv resurslaridan
tejamkorona (oqilona) foydalanish;

– sanitariya va gigiyena xonalaridan foydalanish qoidalariga
amal qilish;

– talabalar turar joyi “Nizomi” va “Ichki tartib qoidalari”ga
qat’i rioya qilish) sport majmualarida:

– sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda
kirish;

– sport inventarlariga nisbatan madaniy munosabatda
bo’lish;

– mashg’ulotlardan keyin sport inventarlarini
belgilangan joylarga qayta topshirish;

– sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga
rioya qilish.

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar
o’tkazish joylarida:

– o’rindiqva boshqa jihozlarga nisbatan madaniy
munosabatda bo’lish;

– ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik,
tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib ketmaslik;

– uxlab o’tirmaslik, o’rindiqlarga yotib olmaslik,
bir-biri bilan gaplashmaslik, yon-atrofdagilarga halaqit bermaslik.

Shuningdek,

– turli davralarda o’zining namunaviy xulqi va bilimi
bilan institut haqida yuksak ijobiy taassurot hosil qilishga intilish;

– doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot
kechirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

– institut manfaati, uning sha’ni va shonli
an’analari, obro’si hamda nufuzi to’g’risida qayg’urish, ularni saqlab qolishga
jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.

10-bo’lim. Professor-o’qituvchi, xodim va talabalar odob-axloqida
man etiladi gan holatlar

Professor-o’qituvchiga:

– jamoa a’zolarining shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish,
o’zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

– jamoa a’zolari va boshqalar ustidan turli ig’vo, g’iybat
va bo’xtonlar uyushtirish;

– talabalar bilan o’z hamkasabalarining kasbiy va
shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

– talabalarni asossiz O’quv mashg’ulotlardan chiharib
yuborish;

– O’quv mashg’ulotlarida  tijorat reklamasi o’tkazish;

– O’quv mashg’ulotlarida  diniy tashviqot  olib borish;

– O’quv mashg’ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va
kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kelish;

– binolarda ichish va chekish kabilar qat’iyan man etiladi
.

Talabaga:

– Professor-o’qituvchilarga qo’pollik qilish, mashg’ulotlar
vaqtida asossiz gapirish;

– Professor-o’qituvchi bilan boshqalarning bahosini
muhokama qilish;

– yolg’on gapirish, g’irromlik yoki Professor-o’qituvchilarni
chalg’itish bilan bog’liq har qanday   xatti-harakatlar
qilish;

– xodimlar va o’z o’rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

– yozma ishlarni himoya qilish va reyting nazoratiga
doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chetdan yordam olish,
o’zgalarga yordam ko’rsatish;

– boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki
yozma ishlarni o’z nomidan topshirish;

– mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish yoki kechikib
kelish;

– mashg’ulotlar vaqtida professor-o’qituvchining ruxsatisiz
auditoriyadan chiqib ketish;

– boshqa talabaning sa’y-harakatlariga qasddan ziyon
etkazish;

– moddiy jixatdan yaxshi ta’minlanganligini turli
yo’llar bilan ko’z-ko’z qilish qat’iyan man etiladi .

11-bo’lim. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va
xodimlar o’rtasidagi odob-axloqga oid munosabatlar

11.1. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va xodimlar
o’rtasidagi munosabatlar, o’zaro hurmat, aqillik, mehnatsevarlik, bag’rikenglik,
insonparvarlik, g’amxo’rlik va adolat tamoillariga asoslanadi.

11.2. Ma’muriyat, professor-o’qituvchilar va
xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha hamkorlik qilishida bir
tarafning boshqa tarafga tazyiq o’tkazishiga yoki unga harakat qilishiga,
shuningdek adolat tamoillariga va institut manfaatlariga zid bo’lgan harorlar
tayyorlanishiga yo’l qo’ymaydi.

11.3. Lavozim darajalari teng bo’lgan xodimlar
o’rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim
darajalari teng bo’lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o’z
vakolatlari doirasida, ma’muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma’qullanadi.

11.4. Jamoada biror bir masala bilan ma’muriyatga
murojaat qilish tartibi subordinattsiya tamoili asosida tashkil etiladi .

11.5. Professor-o’qituvchi va xodimning institutda ma’naviy-axloqiy
muhitni yanada yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi.

11.6. Ma’muriyat professor-o’qituvchilar va
xodimlarning kasbiy va intelektual jixatdan rivojlanishlari uchun qulay ish
joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot
resurslaridan erkin foydalanish shuningdek hordiq chiharishlari, dam olishlari,
jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib beradi.

12-bo’lim. Rag’batlantirish va chora ko’rish tartibi.

12.1. O’quv yili davomida «qoidalar”ga to’la rioya qilgan,
institutda yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning yanada haror topishiga va mustahkamlanishiga
xizmat qilgan jamoa a’zolari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va bo’lim boshliqlari
tavsiyasiga binoan institut ichki tartib qoidalariga muvofiq moddiy yoki
ma’naviy rag’batlantiriladi.

12.2. Jamoa a’zolari ushbu “qoidalar”ni buzganida,
institut ichki tartib qoidalarining “Intizomiy ta’sir choralari” bo’limida
keltirilgan qolatlar bo’yicha choralar ko’riladi.

Shuningdek, jamoa a’zosining xulq-atvori ustidan
jamoat nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur qoidalarga rioya etilmaganligi holatlari
institutdagi Birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi, Institut yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar
va “Ota-onalar” Kengashlarida ham muhokama qilinishi va ularning haroriga
binoan jamoa a’zosining xulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuharolar
yig’iniga ma’lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi
mumkin.

13. BINO ICHIDAGI TARTIB

13.1. O’quv binolarining zaruriy jihozlar (mebel, O’quv
uskunalari, normal temperatura, yoritilish va boshqalar) bilan ta’minlanishi
uchun institut Xo’jalik ishlari bo’limi boshlig’i javobgardir.

Laboratoriya va kabinetlarda O’quv jihozlarining mavjudligi
va butligi uchun kafedra kabinet mudirlari javob beradi.

Institut hududida, belgilangan joylardan tashhari,
chekish kat’iyan man qilinadi.

Chekkan shaxsga nisbatan belgilangan miqdorida jarima
solinadi.

Institut binosi ichida:

a) bosh kiyimda va paltoda yurish;

b) Qattiq gapir ish, shovqin, dars paytida koridor
bo’ylab kezish;

v) chekish;

g) spirtli ichimliklar ichish kat’iyan man qilinadi.

Institut ma’muriyati binosini qo’riqlanishini, jihozlar,
uskunalar va boshqa zarur narsalarning saqlanishi, shuningdek, O’quv va maishiy
bino ichida zarur tartibni ta’minlashga majbur.

Binoni ko’riqlash jihozlarning saqlanishi va yong’inga
harshi hamda sanitariya qoidalarini ta’minlash institut rektori buyruqi asosida
ma’muriy-xo’jalik bo’lim xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu qoidalar institut Kengashining 2018 yil 30
apreldagi 9-sonli bayoni bilan tasdiqlangan