77692-sonli harbiy qismda tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining ishtiroki

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 77692-sonli harbiy qismda 2019 yilning 15 mart kuni harbiy qism xizmatchilari bilan “Harbiy xizmatchilarni ma’naviy ongini yuksaltirishda Rassomlik san’atining ahamiyati” mavzusida Tasviriy san’at fakul’teti  katta o‘qituvchi B.Ma’rufboev,  o‘qituvchi B.Namozov hamda fakul’tet dekan o‘rinbosari Yu.Narzievalar va Amaliy san’at fakul’teti professor-o‘qituvchilaridan dotsent O.Qozoqov, katta o‘qituvchi J.Jumaev, tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 9 nafar talabalarning ijodiy ishlari ko‘rgazma sifatida namoyish etilib, yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbir so‘ngida dotsent O.Qozoqov o‘zining tasviriy san’at asarlari mujassam etgan  katologini  77692 – sonli harbiy qism kutubxonasiga taqdim etdi. Bundan tashqari sovg‘a sifatida talabalarning 2 ta ijodiy ishlari taqdim qilindi.

Tasviriy san’at fakultetining Dastgohli rangtasvir yo‘nalishi 2-kurs talabalari Abdurazzaqova Nigina, Norchaev Abduhakim, Egamov Dilmurod, Gubaev Xusanlar ijodiy ishlari yuzasidan harbiy qism tinglovchilarining bir qancha savollariga javob berishdi.   

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi 77692 – sonli harbiy qism komandiri v.v.b Sh.Sh.Sotqulov institut rahbariyatiga o’z minnatdorchiliklarini bildirdi hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarga Tashakkurnoma taqdim qildi.