15-16 MART KUNLARI BO’LIB O’TGAN XALQARO TA’LIM KO’RGAZMASI

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakul’teti Xattotlik va miniatyura yo’nalishi 3- bosqich  talabalari ishtirokida 15-16 mart kunlari Toshkent shahar Yoshlar ijodiyot saroyida halqaro ta’lim ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Ushbu ko’rgazma Edu-Expo xalqaro bo’lim boshqaruvchisi Nasiba Raupova tomonidan tashkil etildi. Ko’rgazmada ko’plab xalqaro unversitetlarning rasmiy vakillari va O’zbekistondagi xalqaro universitetlar hamda o’quv markazi a’zolari ishtirok etdilar. Ko’rgazmada Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti fakul’tetlari va kafediralari haqida ma’lumotlar berildi hamda rassomlik va dizayn sohasi bo’yicha o’qishga qiziquvchi yoshlarga rangtasvir san’atidan mahorat darslari o’tildi.

Xalqaro Ta’lim ko’rgazmasida bo’lgan mahorat darsidan foto lavhalar