“Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” mavzusida davra suhbati

Joriy yilning 6 fevralida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutida yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari tomonidan tashkillashtiligan,  proffessor o‘qituvchilar va talabalar  o‘rtasida profilaktik  tadbirlarni kuchaytirish maqsadida “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashamiz!”, “Men huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga mas’ulman!” mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Mirobod tumani ichki ishlar bo‘limi voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori Xusan Ermatov, Baynalminal mahalla fuqarolar yig‘ini mutahassisi Sanobar Mamadalieva hamda Fakultet Yoshlar ittifoqi BT a’zolari, professor-o‘qituvchilar va    60  nafar talaba-yoshlar qatnashdilar.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Jumashov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi mavzu bilan tadbir ishtirokchilarni tanishtirdi. SHuningdek, tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarda huquqbzarlik va jinoyatchilikka qarshi immunitetni shakllantirish zarurligni tushuntirishdan iborat ekanligini ta’kidlab, institutda ham bu borada ko‘pgina amaliy tadbirlar o‘tkazib kelinayotganligi haqida to‘xtalib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilarini taklif etilgan mutaxassis bilan tanishtirib, so‘z navbati Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshkarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi  inspektori, mayor   Xusan Ermatovga  berildi.

Mirobod tumani ichki ishlar bo‘limi voyaga etmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori Xusan Ermatov o‘z so‘zida, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish  bo‘yicha qilinayotgan ishlar yuzasidan ma’ruza qildi. Bugungi kunda voyaga etmaganlar orasida huquqbuzarlik xolatlari ko‘zga tashlanayotganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib, mazkur mavzuda videorolik tayyorlanganligini ta’kidlab o‘tdi. Hususan, 2019 yil 28 yanvarda sodir etilgan jinoyatda Mirobod tumanidagi 31 maktab o‘quvchisi, 2003 yilda tug‘ilgan … ismli shaxs Sarikul ko‘chasida kelib chiqqan janjal natijasida pichoqlanganligi sababli vafot etganligini aytib o‘tdi.  2018 yilda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilingan o‘smirlar orasida sodir etilgan huquqbuzarliklar, jinoyatlar haqida ma’lumotlar ma’lumot berdi. Ba’zi o‘quvchilari maktabga yonlarida pichoq olib kelayotganligi ayanchli holat ekanligini aytib o‘tdi. Davra suhbati davomida voyaga etmaganlar orasida jinoyat sodir etib, jazoni o‘tash joylarida o‘z jazo muddatlarini o‘tayotgan yoshlar xaqida ta’kidlab o‘tdi.

Namoyish etilgan film jinoyat sodir etgan yoshlarning jinoyat qilishiga oiladagi tarbiyaning ta’siri, televideniya orqali namoyish etilayotgan seriallarning ta’siri hamda kompyuter o‘yinlarining ta’siri juda kuchli ekanligi xaqida ma’lumot berdi. Bilib bilmay jinoyat sodir etgan va bu qilmishlaridan pushaymon bo‘lgan yoshlar haqida ham mazkur videorolikda  alohida to‘xtalib o‘tilgan.

Tadbir yakunida Mirobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshkarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi  inspektori, mayor  Xusan Ermatov talabalarni xozirgi davrda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarda oqilona foydalanishlariga chaqirdi.