MRDI talabalari O‘zbekiston 24 kanalining “Qarama-qarshi” teleloyihasida


2019 yilning 29 martida O‘zbekiston 24 kanalida olib boriladigan navbattagi “Qarama-qarshi” teleloyihasining suratga olish jarayonida  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari ham ishtirok  etdi.  Ushbu  teleloyihada jamiyatimizda kitobxonlik  madaniyatini yuksaltirish, yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehrlarini yanada kuchaytirish borasida fikrlarlar yuritildi.

“Qarama-qarshi” teleloyihasi  “batl”, ya’ni  mavzu doirasida bahs-munozara, fikr va mulohalalar usulida olib borildi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, A.Navoiiy  nomidagi Davlat  Milliy kutubxona ma’muriyati, Respublika Madaniyat va ma’rifat  markazi  a’zolari hamda  K.Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent Davlat Madaniyat va san’at instituti, Toshkent Davlat Nizomiy nomidagi Pedogogika Universiteti talabalari o‘rtasida bugungi yoshlarimizning ta’lim–tarbiyasida kitobning o‘rni va ahamiyatiga qaratilgan davra suhbati qizg‘in tarzda davom etdi. Republikamizda kitobxonlikni yanada kuchaytirish borasida jonbozlik qilayotgan  tashkilotlarning prezidentimiz tashabbusi bilan  amalga oshirayotgan  chora – tadbirlari  haqida ma’lumot berildi. Bunday hayrli ishlarni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsad,  bugungi va kelajakdagi yoshlarimiz  ongida ma’naviyat-ma’rifat ruhini yanada oshirish, o‘zlikni anglash, shuning barobarida ulug‘ daholarimiz, buyuk qahramanlarimiz, davlat arboblarimiz tarixni mukammal o‘rganib, ularning shaxs sifatidagi ibratli jihatlarini o‘ziga singdirgan holda etuklikka intilishlari kabi samarali harakatlarni amalga oshirishdan iboratdir. Bugungi kunda yoshlarimiz orasida kitobxonlik, badiiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoj qay darajada?, kitob do‘konlaridan farzandigiz uchun kitob olib berasizmi?,  oilangizda bola tarbiyalashda shaxsiy kutubxonangizni o‘rni bormi?, jamiyatimizda kitobxonlik  madaniyatini yuksaltirishda, yoshlarimizning kitobga bo‘lgan mehrlarini yanada kuchaytirishda qanday ishlarni amalga oshirish lozim? kabi bir qator savollarga javob izlandi. Sahna spikerlari va davrada o‘tirgan ekspertlar o‘rtasidagi turli bahs va munozalarda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti talabasi NiginaAbdurazzoqovaning quyidagi “Dunyoga kelgan har bir bola, avvalo, shaxs sifatida shakllanishi va ma’naviy – ma’rifiy ruhda tarbiyalanishida ijtimoiy hayotda sub’ekt sifatida ob’ektlardan etarlicha ma’lumot qabul qilsagina, uning ijobiy ta’sir natijasini ko‘rsata oladi” –deya bayon qilingan fikri  ushbu teleloyiha mavzusi xulosasi bo‘lib yakunlandi.