2019 yilning 18 dekabrida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn institutiga Singapurning SixClouds kompaniya asoschisi Richchard Vun tashrifi.

2019 yilning 18 dekabrida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy Rassomlik Dizayn institutiga Singapurning SixClouds kompaniya asoschisi Richchard Vun hamda uning o‘rinbosari mister Benson Lek boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. 


Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad, institutimizda tahsil olayotgan talaba yoshlarning multipikatsiya va grafika yo‘nalishidagi ijodi bilan yaqindan tanishib, talabalar orasida eng iqtidorli ijodkorlarni saralab, Singapurning quyidagi kompaniyasida rivoj topayotgan yangi zamonaviy texnologiya, ya’ni, 3o‘lchamli raqamli animatsiya san’atini mukammamal o‘rgatish va soha doirasida joriy etish va shu bilan birga keng tarmoqda targ‘ib etishdan iborat edi.


Uchrashuv chog‘ida xar ikki tomon o‘z faoliyatini tanishtirdilar. 
Institut rektori X.R.Aminov Singapurlik mehmonlarning taklifini samimiy qabul qildi. Ularning loyixasi institutda ta’lim olish strukturasiga mos va zarur ekanligini ta’kidladi. Va joiz bo‘lsa kelakjakda ushbu kompaniya bilan rasmiy shartnoma asosida ishlashimiz mumkinligini bildirdi. 
Rasmiy uchrashuv yakunida institut rektori X.R.Aminov delegatsiya a’zolarini talabalarning o‘quv jarayoni kuzatib, ularning ijodi bilan yaqindan tanishish uchun o‘quv auditoriyalariga taklif etdi. 
Kompaniya asoschisi o‘rinbasari Benson Lekning aytishicha, o‘qishni tomomlagan yoshlarning yutuqli jihati shundaki, xalqaro amaliyotdan o‘tgan talabalarni Singapur O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro tuzilgan sharnomaga asosan ish bilan ta’minlash va qonuniy muallif huquqiga ega bo‘lishlaridir.