Qozog’iston Respublikasining Shimkent shahrida “Zamonaviy o’qitish

2019 yil 25-26 aprel kunlari Qozog’iston Respublikasining Shimkent shahrida “Zamonaviy o’qitish: qiyinchiliklar, taraqqiyot va strategiya” nomi ostida II Xalqaro novator o’qituvchilar forumi boʻlib oʻtadi. Forum quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkaziladi:

  1. Zamonaviy ta’limdagi global tendentsiyalar va strategiyalar
  2. Qozog’isto Respublikasida kelajak ta’limining yo’nalishlari.

Tanlovda va innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasida ishtirok etish uchun 2017 yil sentyabridan 2019 yil aprel oyigacha bo’lgan davrda ishlab chiqilgan va chop etilgan materiallar taqdim etilishi lozim. Tanlovga oid maqolalar va materiallar 2019 yil 15 apreliga qadar yuborilishi kerak.
E-pochta manzili: ped.forum@ukgu.kz
Batafsil ma’lumotni M.Auezov nomli www.ukgu.kz veb-saytidan olishingiz mumkin