Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti fakultetlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqa

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yilning 4 fevraldagi 87-02-167 sonli xati hamda O‘zbekistan Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari tomonidan 2019 yil 22 yanvarda tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20 sentyabr kuni jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan 2019 yilda aholining barcha qatlamlari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yilning 5 aprel kuni Dizayn fakulteti, Pedagogika va kasbiy ta’lim kafedrasi hamda institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamkorlikda fakultetlar o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Amaliy san’at fakultetidan J.G‘ayratov D.Abdumalikova, S.Erkaboeva, D.Jabborov Tasviriy san’at fakultetidan N.Abdurazzoqov B.Shukurillaev, D.Jarimbetov San’atshunoslik fakultetidan T.Guseinov, SH.Jahongirov, S.Qosimov Dizayn fakultetidan E.Sa’dullaev, Yu.Burxonova, I.Murodov, S.Toshpo‘latova, M.Mahmudova, M.Isroilovlar ishtirok etib, g‘oliblik uchun bellashdi.

Natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida Tasviriy san’at fakulteti 1-kurs talabasi B.Shukurillaev, qizlar o‘rtasida esa Dizayn fakulteti 3-kurs talabasi S.Toshpo‘latovalar g‘olib deb topildi. G‘olib talabalar diplom bilan taqdirlandi.