“Muhammad Yusuf timsoli tasviriy san’at asarlarida” tanlov-ko‘rgazmasi

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’at muzeyi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamkorligida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan yosh ijodkorlar o‘rtasida tashkil etilgan “Muhammad Yusuf timsoli tasviriy san’at asarlarida” deb nomlangan  tanlov-ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 12 aprel kuni Kamoliddin Behzod nomidagi SHarq miniatyura san’at muzeyida xalqimizning ardoqli farzandi, o‘zbek she’riyatining yorqin namoyondasi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 65 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf” nomidagi jamoat fondi, “Oltin qalam” gazetasi tahririyati, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi   Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti va hamkor tashkilotlar,  yosh ijodkorlar  o‘rtasida  shoir siymosini yaratish bo‘yicha tanlov-ko‘rgazmasining ochilish marosimi va ishtirokchilarni taqdirlash  tashkil etildi.

Ko‘rgazmani O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi akademik Akmal Vahobjonovich Nuriddinov ochib berdi.

U kirish so‘zida xalqimizning sevimli shoiri Muhammad Yusufning o‘zbek she’riyat olamida tutgan o‘rni va ijodi haqida gapirdi. Shu bilan bir qatorda shoirning oila a’zolari va muxlislarini, ko‘rgazmada ishtirok etayotgan barchani ushbu kun bilan tabrikladi. Tadbir mehmoni O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim so‘zga chiqib, ardoqli shoir M.Yusuf haqidagi fikrlarini bayon etdi.

Mazkur tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqich 5 martda, ikkinchi bosqich aprel oyining birinchi o‘n kunligida bo‘lib o‘tdi.  Tanlovga kelib tushgan ishlar, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilari, “Muhammad Yusuf” nomidagi jamoat fondi  vakillari, tomonidan baholandi.

         Shundan so‘ng, tanlov uchun taqdim qilingan ishlarning to‘rtta yo‘nalish asosida g‘oliblari aniqlanib, birinchi yo‘nalish Muhammad Yusuf siymosini yaratish bo‘yicha:

      -4 kishidan iborat rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari diplom, shoir asarlari to‘plami va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

  1. o‘rin g‘olibi – Jumaev Ziyodullo diplom, shoir asarlari to‘plami, 1000000 so‘m pul mukofoti;
  2. o‘rin g‘olibi –Ulug‘bek Mamarurdiev, Javohir Niyazov diplom, shoir asarlari to‘plami, 700000 so‘m pul mukofoti;
  3. o‘rin g‘olibi – Nazarova Zilola, To‘raev Ilhom, Jo‘rabek diplom, shoir asarlari to‘plami, 500000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ikkinchi yo‘nalish, haykaltaroshlik asarlari uchun ikki kishidan iborat rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari Sarvar Rahimov va Ma’murjon Mahmudov diplom, shoir asarlari to‘plami va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

       1-o‘rin g‘olibi Ismoilov Elmurod  diplom, shoir asarlari to‘plami va 1 000000 (bir million) so‘m pul mukofoti.

       2-o‘rin g‘olibi Keldiyorov Yusuf, Rasulov Jamol diplom, shoir asarlari to‘plami va 700000 (etti yuz ming) so‘m pul mukofoti.

       3-o‘rin g‘olibi Maftuna Odilova, Nabijon Zoirov, Nodir Shahobiddinov dipom, shoir asarlari to‘plami va 500000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi

Uchinchi yo‘nalish: Shoir she’rlariga ishlangan eng yaxshi tasviriy san’at asarlari uchun 4 kishidan iborat rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari Tohirjon Turg‘unboev, Sadbaroy Yo‘ldosheva, Magamet Ahmedov, Muhammadali Qayumov diplom,  shoir asarlari to‘plami va pul mukofoti bilan taqdirlandi

1-o‘rin Jumaqulov Asadbek  diplom, shoir asarlari to‘plami 1000000 (bir million) so‘m pul mukofoti.

2-o‘rin Kenjaev Behzod diplom, shoir asarlari to‘plami 700000 (etti yuz ming) so‘m pul mukofoti;

3-o‘rin Zoirov Behzod dipom, shoir asarlari to‘plami 500000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

To‘rtinchi yo‘nalish: Shoir ijodiga bag‘ishlangan ilmiy ommabop maqola uchun:

4 kishidan iborat rag‘batlantiruvchi mukofot sovrindorlari Shaxlo Sobirjonova, Muxsina Akbarxo‘jaeva, Sarvinoz Sharopova Dilrabo Yahyoeva diplom,  shoir asarlari to‘plami va pul mukofoti bilan taqdirlandi

1-o‘rin g‘olibi – Kamola Mirzajonova, diplom, shoir asarlari to‘plami 1 000000 (bir million) so‘m pul mukofoti;

2- o‘rin g‘olibi – Marg‘uba Qahramonova  diplom, shoir asarlari to‘plami 700000 (etti yuz ming) so‘m pul mukofoti;

3- o‘rin g‘olibi – Nilufar Saidova dipom, shoir asarlari to‘plami 500000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan mualliflarning asarlari  Andijondagi Muhammad Yusuf memorial muzeyi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyi va shoirning uy muzeyidan o‘rin oladi.

Ushbu tanlov-ko‘rgazma tashkilotchilari va homiylarini taqdirlash uchun marhum shoirning oilasi Nazira Assalom davraga taklif etildi. U ushbu tadbirni tashkil etganlarga cheksiz minnatdorchilik bildirdi va shu o‘rinda kelgusida ham shoir tavalludining 70 yilligini  bundanda keng qamrovli tarzda o‘tkazish taklifini aytib o‘tdi. 

Nazira Assalom tomonidan ushbu tadbirni tashkil etishda faolligi uchun O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi, O‘zbekiston xalq rassomi akademik Akmal Vahobjonovich Nuriddinov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sayid Sirojiddinov, K.Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi rahbari Gulabza Qarshieva, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullaev, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarni qo‘llab quvvatlash milliy asotsatsiyasi  raisi Ulug‘bek Yusupov, homiylarimiz Farhod Halimovlar taqdirlandi.