Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining Tasviriy san’at fakulteti Dastgohli rangtasvir kafedrasi professori, akademik, O‘zbekiston xalq rassomi SOBIRJON RAHMETOV va shogirdlari ijodiga bag‘ishlangan ko’rgazma


Respublika miqyosida “Tasviriy va amaliy san’at festivali”doirasida tasviriy san’at haftaligi  katta tayorgarlik bilan o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirda K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti ham o‘zining bir nechta loyhalari asosida akademik, rassom, professor-o‘qituvchilari,  ijodkor talabalari  ishtirok etmoqda. 2019 yilning 24 aprelida Toshkent Fotosuratlar uyida proffessor S.Rahmetov rahbarligidagi “Ustaxona” loyihasi asosida Teatr dekoratsiyasi rangtasviri kafedrasi ko‘rgazmasi ochildi. Ushbu ko‘rgazma “Ustoz va shogird” an’anasiga muvofiq, har yili o‘tkazib kelinayotgan badiiy ko‘rgazma hamda yosh o‘qituvchilar  uchun Akademik maktab metodlarini o‘rgatish maqsadida tashkil qilingan bo‘lib,  haftalik doirasida o‘tkazilishi qo‘zda tutilgan.

Ko’rgazma keng doirada tashkil etilib, Fotosuratlar uyining kirish foyesida yosh mussavvira qizlar guruhi ijodiga bag’ishlanib, talabalarning bitiruv malakaviy ishi uchun ishlangan ijodiy namunalari, asosiy katta zalda usto-shogird ustaxonasida yaratilgan ijodiy ishlari va ichki zalda chizma tasvir va etyudlardan iborat ijodiy ishlar namoyish etilgan.

Shuningdek, ko‘rgazmada etakchi soha mutaxassislari, olimlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar qatnashadilar. Ushbu ko‘rgazmaning asosiy maqsadi tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishini badiiy ta’lim tizimidagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy jarayonlardagi o‘zgarishlar ta’siri doirasida sohalarga oid muammolarni ilmiy-amaliy idrok etish va amaliyotga keng joriy etishdan iborat.

Ko’rgazmaga tashrif buyurib so’zga chiqqan mehmonlar tadbir ishtirokchilarini ushbu bayram bilan qutlab, kelgusi ijodlarida ham muvoffaqqiyatlar tiladilar.