Mehr maskanida beg’araz dizaynerlik kurslari

            Atrofga nazar tashlar ekanmiz savob ish qilish uchun imkoniyat juda ko’p ekanligini ko’rish mumkin. Buning uchun muhimi inson ko’nglida xohish va istak bo’lsa kifoya. Shunday savobli ish Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyida tashkil qilindi. Bu mehr maskanida  “Dizayn” fakulteti, Libos dizayni kafedrasi o’qituvchisi Zuhra Umarova hamda ARCH NEO DESIGN Mjch tomonidan dizaynerlikka qiziquvchi bolalar uchun maxsus dizayn kurs tashkil etildi.

Bu kursning maqsadi kelajakda  P. Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabiga hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutiga iste’dodlarni tayyorlashdan iborat. Buning uchun mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari orasidan 13-17 yoshdagi 10 nafar iste’dodli bolalar tanlab olindi hamda kursga jalb etildi. Kelajakda bolalarning sonini oshirish hamda savob talab homiylar yordamida moddiy texnik ba’zani boyitish rejalashtirilgan. Shuni alohida ta’kidlash joizki bu kursni tashkilotchilari hech qanday moddiy manfaatni ko’zlamagan.