Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti, “Tasviriy san’at” fakulteti, “Miniatura va kitob grafikasi” kafedrasi o’qituvchi va talabalari Yashnobod tuman 30-sonli mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar.

Bu tashrifdan maqsad mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qalbida san’atga bo’lgan mehr uyg’otish edi. Tashrif davomida talaba va o’qituvchilar bu mehr maskanidagi bolajonlar bilan dildan suhbat qurdilar hamda ularga miniatura va grafika haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar.

Shuningdek tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda amaliy mashg’ulotlar o’tkazishdi. Bu uchrashuv bolajonlarda ham o’qituvchi talabalarda ham ulkan taassurot qoldirdi, chunki unda insonlarga xos mehr yana bir bor namoyon bo’ldi.