Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “San’atshunoslik” fakulteti talabalari “Turon” harbiy teatriga tashrif buyurdilar.


Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta eng muhim tashabbuslarining birinchisi “Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi”. Ushbu tashabbusda teatrning ham alohida ta’kidlanganidan ma’lumki, bu maskan millatimiz ma’naviyatida alohida o’rin tutadi.

Shuni inobatga olib bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “San’atshunoslik” fakulteti talabalari “Turon” harbiy teatriga tashrif buyurdilar. Repetuarga binoan rejissor Sayfiddin Meliyev tomonidan sahnalashtirilgan “Sarvqomat Dilbarim” spektakli namoyish etildi. Ko’pchilik talabalar Chingiz Aytmatovning ushbu nomli asarini o’qigan bo’lishiga qaramay spektaklning ichki dinamikasi, ayniqsa aktyorlarning mahorati ularda katta qiziqish uyg’otdi. Shuningdek, talabalaro’z mutaxasisliklaridan kelib chiqqan holda sahna dekoratsiyasiga ham alohida urg’u berdilar.

Spektakl tugagach talabalar va ijodkorlar o’rtasida ushbu asar yuzasidan bahs –munozaralar bo’lib o’tdi hamda ijodkorlar bo’lajak san’atshunoslarni keying spektakllarga ham taklif etishdi.