Diqqat insholar tanlovi!!!

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyrugʻi asosida Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Vatan himoyasi-har bir fuqaroning sharafli burchi” va”Men nechun sevaman Oʻzbekistonni” mavzusida insholar tanlovi 3 bosqichda oʻtkaziladi. 1 va 2 – bosqich filialimiz miqiyosida, 3-bosqich Respublika miqiyosida oʻtkaziladi.
Tanlov shartlari:
-mavzuning mazmun-mohiyatini toʻlaqonli ochib berish;
-ijodiy ish(insho) stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yozilganligi;
-mavzuni yuritishda adabiyotlardan foydalanganlik va tahliliy yondashuv;
-mustaqil fikr bildirish;
-ijodkorlik xususiyati.
Insho yozma ravishda taqdim etilishi kerak.
1-bosqich muddati: 22 fevral