Document

YOSHLAR BILAN ISHLASH, MA’NAVIYAT VA MARIFAT BO’LIMI

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

Rasulmuxamedova Sanobar Abdudjamilovna

 

Ish Te: (71)25464-12

Qabul kunlari: Dushanba-Shanba 14.00-16.00

e.mail: sanosh83@mail.ru

 

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi institutda milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holda o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, yo‘riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek, rektor buyruqlarining fakultetlar, kafedralar, bo‘limlarda bajarilishini ta’minlash monitoringini olib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlar mazmunini talabalarga etkazib boradi.

Institutda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar monitoringini olib boradi, ma’naviy-ma’rifiy sohaga tegishli ma’lumotlar bazasini yaratadi va uning yangilanib borishini ta’minlaydi.

Psixolog, talabalar turar joyi tarbiyachi pedagogi professor-o‘qituvchilar va talabalar ijtimoiy-ruxiy holatini o‘rganish yuzasidan tadqiqot ishlarini tashkillashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi.

Institutda, talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish yuzasidan tadbirlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishiga boshchilik qiladi.

Institutda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish tadbirlarini,sport     musobaqalarini tashkil  etishda o‘rnatilgan tartibda ko‘maklashadi.

Fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va jamoatchilik kengashlari, jamoat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi.