AXBOROT-RESURS MARKAZI



MARKAZ DIREKTORI: SAGIDULLINA SAFIYA АXMETOVNA

TELEFON RAQAMI: 93 578 37 62, 97 700 37 62

TAMOMLAGAN: NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

AXBOROT-RESURS MARKAZI HAQIDA

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kutubxonasi 1997 yilda Mannon Uyg‘ur nomidagi Teatr va rassomlik san’ati institutining kutubxonasi fondining bazasi qismida tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika axolisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi №PQ 381-qarori va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2006 yil 29 dekabr 295-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining kutubxonasi institutning 2007 yil 16 iyuldagi 66-U sonli ichki buyrug‘i asosida “Axborot-Resurs markazi”ga aylantirilgan.

Fondning asosiy qismini bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha tasviriy san’at tarixi va nazariyasi, muzeyshunoslik, dastgoxli rangtasvir, mahobatli rangtasvir, dastgoh va kitob grafikasi, xattotlik va miniatyura teatr bezagi rangtasvir, fil’m tasviriy yechimi , reklama va amaliy grafika, komp’yuter grafikasi va badiiy foto me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, amaliy san’at asarlarini ta’mirlash,badiiy kulol, liboslar dizayni va gazlamalar badiiy yechimi, haykaltaroshlik, inter’erni loyihalash sohalari bo‘yicha adabiyotlar iborat. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha dastgohli rangtasvir, tasviriy va manzarali amaliy san’at, liboslar dizayni va gazlamalar badiiy yechimi,
haykaltaroshlik soxalariga oid adabiyotlar tashkil etadi.
Shuningdek fonddan axborot texnologiyalariga, ijtimoiy fanlariga doir darsliklar,jaxon badiiy adabiyoti, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarix, etnografiya, arxeologiya, geografiya bo‘yicha kitoblar, ensiklopedik adabiyotlar va lug‘atlar o‘rin olgan.
Axborot-Resurs Markazining kitob fondi va tasviriy san’at,inter’er dizayni, liboslar dizayni, reklama texnologiyalarining zamonaviy an’analarini aks ettiruvchi davriy nashrlarni institut o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, boshqa o‘quv muassasalari va maxalla axolisi tomonidan katta talab bilan foydalaniladi.
Institut Axborot-resurs markazi fondida 31 448 nomda 60 157 nusxadagi turli yo‘nalishdagi adabiyotlar mavjud. Shundan: ilmiy adabiyotlar 16 087 nomda 22 108 nusxada, darsliklar 772 nomda 4 858 nusxada, o‘quv – qo‘llanmalar 940 nomda 8 466 nusxada, badiiy adabiyotlar 830 nomda, 1 416 nusxada, boshqa adabiyotlar 1 858 nomda , 3 636 nusxada, elektr. resurslar 9520 nomda, vaqtli matbuot nashrlari 1 441 nomda 10 153 nusxani tashkil etadi. Tillar bo‘yicha: jami fond 31 448 nomda 60 157 nusxadan ibort bo‘lib ,o‘zbek tilida 6565 nomda, 25 645 nusxada (shundan kirill alifbosida 4908 nomda 18866 nusxada, lotin alifbosida 1657nomda, 6 779 nusxada), rus tilida 24075 nomda, 33359 nusxa, xorijiy tilda 808 nomda, 1153 nusxadan iborat.

ARMning Elektron kutubxonasida 9520 ta elektron resurslar mavjud. Shundan, 2381 tasi o‘zbek tili kirill alifbosida, 1 071 tasi lotin alifbosidan iborat. Shuningdek institut ARMda vaqtli matbuot nashrlari soni 1 441 nomda, 10 153 nusxada jurnal va gazetalar mavjud. 2019 yil davomida jami yangi adabiyotlar 2019 nomda, 2903 nusxada ARMga kirim qilingan. Shundan darsliklar 13 nomda, 26 nusxada, o‘quv qo‘llanmalar 51 nomda, 207 nusxada, ilmiy adabiyotlar 249 nomda 407 nusxada, badiiy adabiyotlar 258 nomda, 642 nusxada , boshqalar 15 nomda, 28 nusxada, elektr. resurslar 1384 nomda/nusxada, vaqtli matbuot-nashrlari 49nomda 209 nusxada adabiyotlar xarid qilingan.
2019 yilda kitoblarga ajratilgan mablaglar 14 870 207,7 sӯmni tashkil etgan. 2019 yil 39 nomda Respublika vaqtli matbuot nashrlariga obuna tashkil etilgan. Shundan gazeta 26 nomda, jurnallar 13 nomda, ularga sarflangan mablag‘ 11 301 352 sӯmni tashkil etgan. 2019 yilda MDH davlatlari uchun 10 nomdagi jurnallarga obuna bo‘lingan va 18 896 826 so‘m sarflangan.
Axborot-resurs markazida 51 ta komp’yuter ishlab turibdi, “Internet”, «Wi – Fi» mavjud ( 16 ta komp’yuter 2-bino kutubxonasida, u yerda ham «Internet» bor, 12 ta komp’yuter yotoqxona binosidagi kutubxonada), lokal tarmoq ham mavjud, shuningdek 3ta printer, 4ta skaner bor. Elektron kutubxona zallaridagi komp’yuterlarning umumiy soni 39ta, hammasi internet tarmog‘iga ulangan.
An’anaviy kataloglarni elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha ishlar «IRBIS» va «ARMAT+» kutubxona dasturlari yordamida amalga oshirilmoqda. «IRBIS» dasturiga 17305ta yozuv kiritilgan, ulardan 8161 elektron katalog, 3840tasi elektron resurs,5304 davriy nashrlar elektron katalogi. «ARMAT» dasturiga 4 800ta yozuv kiritilgan bo‘lib, ulardan 241tasi elektron resurs. “Fine Reader”dasturi yordamida an’anaviy adabiyotlar elektron shaklga o‘tkaziladi va fayl tozalanib, MRDI elektron kutubxonasi ma’lumotlar bazasiga pdf. formatda biriktiriladi.
Barcha o‘quv zallaridan,kafedralar va bo‘limlardan turib lokal tarmoq orqali ARM ga tushmasdan elektron o‘quv adabiyotlarni yuklab olish yulga qo‘yilgan.
An’anaviy kataloglar doimiy ravishda takomillashtiriladi. Alfavitli katalog o‘z ichiga lotin alifbosidagi o‘zbek tilidagi va kirill alifbosidagi o‘zbek tilidagi adabiyotlarni; rus tilidagi va chet tilidagi adabiyotlarni; davriy nashrlar kartotekasini; uslubiy qo‘llanmalar, dasturlar, amaliy mashg‘ulotlar uchun materiallar; malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik ishlari kartotekalarini o‘z ichiga oladi. Sistemali katalog Alfavit predmet ko‘rsatkichiga (APU) ega bo‘lib, u o‘z navbatida barcha kataloglar kaliti hisoblanadi. Ma’lumotlar universal o‘nlik tasnif bo‘yicha tizimlashtirilgan, qisman tasviriy san’atning hamma turlari va tarixiy davrlarni hisobga olgan holda maxsus ishlab chiqilgan jadvallar bo‘yicha, kutubxona bibliografiya tasnifi (BBK) qo‘llaniladi. Ular maxsus kartoteka qutilarida saqlanadi. Shu bilan birga internet tarmog‘idan audiovizual va elektron adabiyotlar olinib, disklar yordamida ko‘paytirilgan va markaz komp’yuterlariga joylashtirilgan. ARM fondiga kelib tushgan adabiyotlar tahlil qilinib, ularga texnik ishlov beriladi hamda aniq tizim (UDK va BBK) bo‘yicha joylashtiriladi. Zamon talablariga javob beruvchi kitob javonlarida saqlanadi. Shuningdek, yangi adabiyotlar ARM filiallariga taqsimlanadi. Barcha ma’lumotlar va axborotlar foydalanuvchilarga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida TELEGRAMda ARM.MRDI kanali tashkil etildi. Kanal Axborot-resurs markazi faoliyati to‘g‘risida kitobxonlarga ma’lumot berib turish maqsadida yaratildi. Bu kanaldan talabalar va professor-o‘qituvchilar foydalanishlari uchun barcha qulayliklar yaratildi. Jumladan ushbu kanal orqali foydalanuvchilar o‘zlariga kerak bo‘lgan kitoblarning raqamlashtirilgan variantidan masofadan turib ham foydalanishlari mumkin.

ARM fondida 836 ta noyob madaniy meroslarga oid adabiyotlar mavjud bo‘lib, ular muntazam skanerdan o‘tkazilib, raqamlashtiriladi va elektron ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Axborot-resurs markazida 3 ta o‘quv zali mavjud bo‘lib, o‘rindiqlar soni 150 tani tashkil etadi. Talabalar turar joyida ARM filiali talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab turibdi. Talabalar turar joyidagi kutubxona fondi 5 027tani tashkil etadi, ular zamon talablariga javob beruvchi kitob javonlarida saqlanadi.
Talabalar turar joyida 10ta komp’yuterga mo‘ljallangan elektron zali ham mavjud. Ularda barcha bo‘limlar bo‘yicha adabiyotlarning elektron ma’lumotlari berilgan – ijtimoiy va maxsus fanlar bo‘yicha darsliklar, hamda o‘kuv adabiyotlari. Hamma komp’yuterlar internet tarmog‘iga ulangan.
K. Bexzod nomidagii Milliy rassomlik va dizayn instituti Axborot-resurs markazi 5 ta bo‘limdan iborat: ya’ni, ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar),axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish , axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish , elektron axborot resurslari, hamda xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limlari. ARMda 12 nafar xodimlar faoliyat olib bormoqda. Xodimlarining barchasi doimiy ravishda kutubxona sohasi va kutubxonada axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirib turadilar.
Yagona kitobxonlik guvoxnomasi bo‘yicha ARM (kutubxona)ga a’zo bo‘lgan foydalanuvchilar soni 1 810 kishini tashkil etib, shundan talabalar 1 510, professor-o‘qituvchilar 215 va boshqalar 85 nafarni tashkil qiladi. Umumiy berilgan adabiyotlar soni – 298 754 nusxada bo‘lib, shundan: professor-o‘qituvchilar – 105 956 nusxa, talaba, magistrant va doktorantlar – 192 798 nusxa. 2019 yildagi kitob berilishi: jami 298 754, qatnov soni – 65 998, kitobxonlar soni 1 810, kutubxona fondi – 60 157 bosma va elektron birlikdagi. Shulardan kelib chiqib, fondning aylanishi – 4,9 (me’yor bo‘yicha 1 kishidan kam bo‘lmasligi), kitob bilan ta’minlanganlik – 33,2 (me’yor bo‘yicha 15-20), o‘rtacha kitob o‘qilishi-165, o‘rtacha qatnov -36,4. Berilgan mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlar Axborot-resurs markazinning ish sifati ijobiyligini ko‘rsatadi.
ARM ish vaqti dushanba – shanba 8 30 dan 18 00 gacha, talabalar turar yotokxonasi dushanba – shanba 18 00 dan 21 00 gacha.
Tozalik kuni – oyning oxirgi sanasi.