Document

AMALIY SAN'AT FAKULTETI

Fakultet dekani:  Sayyora Djuraevna  Saidova

Qabul kunlari: Seshanba, Payshanba, Juma Soat 10.00- 12.00

 Tel:                   (71) 254 64 99

 E-mail:             asf@mrdi.uz

 

 

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

Xoliqov Ruslan Safarovich                                                                            

Telefon: (+99890) 1677970                                                 

E-mail: xoliqov_2509@mailru

 

Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Hasanova Feruza   Rahmonalievna

Telefon: (+99871) 254-64-99                                                  

E-mail: feruzahasanova1982@mailru

 

 

 

1997 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilishi bilan uning bazasida Amaliy san’at fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda mazkur fakultet bakalavriat bosqichi 3 ta ta’lim yo‘nalishi (amaliy san’at, haykaltaroshlik, dizayn) bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlovchi tayanch fakultet hisoblanadi.

Fakultetda etuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan 3 ta mutaxassis kafedra (Reklama va amaliy grafika, Badiiy kulolchilik va ta’mirlash, Haykaltaroshlik) faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedralarda 6 ta Reklama va amaliy grafika, Kompyuter grafikasi va badiiy foto, Badiiy kulolchilik, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash, Haykaltaroshlik ixtisosliklari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

Bugungi kunda Amaliy sanat fakulteti  bakalavr bosqichining 3 ta ta’lim yo‘nalishi (Amaliy san’at, Haykaltaroshlik, Dizayn) bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlovchi tayanch fakultet hisoblanadi.

Fakultetda bakalavr bosqichining quyidagi 6 ta yo‘nalishlari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi:

  1. 5151200-Amaliy san’at talim yo‘nalishlari
  2. 5150900-Dizayn ta’lim yo‘nalishlari
  3. 5151100-Haykaltaroshlik ta’lim yo‘nalishi

 

1.5150902 – Reklama va amaliy grafika.

2.5150901 – Kompyuter grafikasi va badiiy foto.

3.5151201 – Badiiy kulolchilik.

4.5151202 – Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash.

5.5151203 – Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash.

6.5151100 – Haykaltaroshlik.

 

SHuningdek, fakultetda magistratura bosqichi bo‘yicha 3 ta mutaxassislik mavjud:

 

1.5A151101 – Haykaltaroshlik (mahobatli).

  1. 5A151202 – San’at asarlari va me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash.
  2. 3. 5A151203 – Badiiy kulolchilik.

REKLAMA VA AMALIY GRAFIKA KAFEDRASI TO‘G‘RSIDA

     Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan Reklama va amaliy grafika kafedrasi 1996 yil tashkil topgan bo‘lib, uning tarkibida 2 ta mutaxassislik, ya’ni Reklama va amaliy grafika hamda Kompyuter grafikasi va badiiy foto mutaxassisliklari faoliyat yuritmoqda.

       Kafedraning asosiy maqsadi yurtimizda reklama, kompyuter grafikasi, badiiy foto yo‘nalishi bo‘yicha etuk kadrlarni etishtirib chiqarishdan iboratdir. Har yili ushbu kafedra bo‘yicha 30 dan ziyod talabalar o‘qishni tugatib, reklama agentligi, fotostudiyalar, sayyoxlik firmalari kabi o‘z soxalariga munosib ish joylariga ega bo‘lishmoqda. SHuningdek, kafedra bilan Toshkent fotosuratlar uyi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Kafedraga marxum professor-o‘qituvchilardan B.YA.Minadjiev, dotsentlar “SHuxrat” medali sohibi R.U.Ayupov, S.N.Limakova, X.Fayziev, V.Titov, D.N.Afuksenidi, V.A.Remetov hamda bugungi kunda mehnat nafaqasida bo‘lgan dotsent O.Egamov, P.P.Haitovlar asos solgan. Hozirda ushbu kafedrada kafedra mudiri lavozimida katta o‘qituvchi A.Mustaev, dotsent S.Pirmatov, “Do‘stlik” ordeni sohibi katta o‘qituvchi Q.Matmuradov, F.Qobilov, N.SHaripov, “Jasorat” medali sohibi, “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni sovrindori, “E’tirof-2015” mukofotining “Yilning eng yaxshi hunarmandi” nominatsiyasi g‘olibi J.Jumaev, o‘qituvchilardan B.Namozov, SH.Giyasov, N.Alieva kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Reklama va amaliy grafika ixtisosligi asosan, firma uslubi yaratish hamda shahar reklama madaniyatini shakllantirish, g‘ilof bezagi va konstruksiya dizaynlari, turli xil plakatlar, logotip, belgilar, poligrafik ishlab chiqarishda grafika dizayni bezagi kabi reklama maxsulotlarini ishlab chiqaradigan malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan

      Kompyuter grafikasi va badiiy foto mutaxassisligida taxsil olayotgan talabalar maxsus jihozlangan povilonda hamda tabiat qo‘ynida badiiy tasvirga tushirish ishlarini o‘rganishadi. So‘ngra fotosuratlarning elektron variantlari Sorel Draw va PhotoShop kabi dasturlarda ishlov berish uslublari sohaning etuk mutaxassislari tomonidan talabalarga o‘tgatiladi.

      Bugungi kunda fotografiya sohasi ishlab chiqarish reklamasining barcha ko‘rinishlarida keng foydalanilmoqda. Fotografiya sohasi qo‘llanilishida kompyuter texnologiyasining ham ahamiyati katta. Kompyuter dasturlari orqali fotosuratlar taxrir qilinib, tayyor holda nashr etilmoqda.

HAYKALTAROSHLIK KAFEDRASI TO‘G‘RISIDA

        Haykaltaroshlik kafedrasi 1998 yil tashkil topgan bo‘lib, institut Ilmiy Kengashining 2003 yil 30 maydagi qaroriga binoan “Xaykaltaroshlik” mutaxassisligi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasidan ajralib chiqib, hozirgi kunga qadar Amaliy san’at fakulteti tasarrufida kafedra sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu mutaxassislik bo‘yicha Respublikamizning eng etuk haykaltaroshlari mazkur kafedrada o‘z faoliyatini olib bormoqda. Kafedrani shakllanishida professor A.Boymatov, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, 1-darajali Davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston San’at arbobi, professor I.Jabborov, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston xalq rassomi, marxum haykaltarosh R.Mirtojievlar asos solgan. Bugungi kunda kafedra mudiri sifatida U.Q.YUsupov, akademik I.Jabborov, 1-darajali Davlat mukofoti sovrindori, Turon Fanlar Akademiyasi akademigi R.Ermetov, dotsentlar U.Kuryazov, “Dustlik” ordeni sovrindori A.Xatamov, katta o‘qituvchi O‘.Saidov,, o‘qituvchilardan U.Usmonov, B.Xakimovlar faoliyat yuritib, talabalarga o‘quv dasturida belgilangan rejaga asosan haykaltaroshlik sir-asrorlarini ilk pog‘onasidan boshlab, katta hajmdagi kompozitsion echimdagi haykaltaroshlik namunalarini yaratishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni to‘laqonli ravishda o‘rgatib kelishmoqdalar. Ushbu haykaltaroshlar tomonidan yaratilgan mahobatli haykallar mamlakatimizda, shuningdek, MDX va xorijiy davlatlarda qad ko‘tarib turibdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan Respublikamizning turli markazlarini bezatib turgan dekorativ ko‘rinishdagi haykallar va rel’ef ko‘rinishidagi devoriy haykallar, nufuzli tanlovlarda g‘oliblar uchun taqdim etiladigan sovrinlar (kuboklar) bajarilib kelinmoqda.

       Haykaltaroshlik kafedrasining iqtidorli talabalari bugungi kunga qadar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etiladigan “Tasviriy va amaliy san’at festivali”da “OLTIN” va “KUMUSH” medallar bilan, turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar. SHuningdek, har yili Moskva shahridagi Burganov Akademiyasi tomonidan  o‘tkaziladigan Xalqaro ART simpoziumida faol qatnashib keladilar. Har yili mazkur yo‘nalish bo‘yicha 15 ga yaqin mutaxassis kadrlar etishib chiqayotganligi uning nufuzi yuqori ekanligidan dalolat beradi.

BADIIY KULOLCHILIK VA TA’MIRLASH KAFEDRASI TO‘G‘RISIDA

         Badiiy kulolchilik va ta’mirlash kafedrasida 3 ta ixtisoslik: Badiiy kulolchilik, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash hamda Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash  mutaxassisliklari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.

         Hozirgi kunda kafedrada O‘zbekiston Fan arbobi, Tarix fanlari doktori, professor A.Abdurazzoqov, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi o‘rinbosari, dotsent F.Toshmuxamedov, Arxitektura fanlari doktori, professor D.Nozilov, Arxitektura fanlari nomzodi, dsent Z.Dosmetova, dotsentlar D.Tashxodjaeva, F.Islamov, B.Abdusalomov, S.Saidova, I.Jonieva katta o‘qituvchilardan kafedra mudiri  K.Siddiqov, D.Haytmetov va o‘qituvchilardan A.O‘lmasov, U.Abduvaxobov, SH.Mustafoev, X.Umarov, kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra tarkibidagi Amaliy san’at ta’lim yo‘nalishining Badiiy kulolchilik ixtisosligi asosan, xalq amaliy san’atining kulolchilik an’analariga asoslangan holda badiiy kulolchilik ijodiyotining rivojlanishiga qaratilgan. Jumladan, bog‘-rog‘lar uchun dekorativ kompozitsiya, jamoa binolarining interer va ekstererlari uchun panno, uy-ro‘zg‘or buyumlari: serviz, ko‘za, ijodiy-hajmiy, fazoviy kompozitsiyalar va art ob’ektlarni bezash ishlari olib boriladi.

     Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash bo‘limida asosan, yurtimizdagi me’moriy obidalar, ularning bezaklarini ta’mirlash va rekonstrkutsiya ishlarini amalga oshirish, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, devoriy va shift naqqoshligi, o‘yma terrakota, mozaika, mayolika, kundal kabi bezaklari bilan ishlash va qayta tiklash jarayonlari o‘rgatiladi.

        Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash bo‘limida asosan, yurtimizdagi me’moriy obidalar, ularning bezaklarini ta’mirlash va rekonstrkutsiya ishlarini amalga oshirish, ganch o‘ymakorligi, yog‘och o‘ymakorligi, devoriy va shift naqqoshligi, o‘yma terrakota, mozaika, mayolika, kundal kabi bezaklari bilan ishlash va qayta tiklash jarayonlari o‘rgatiladi.