Document

Bo’lim boshlig’i:            Fazilat Shukurovna Qodirova

Qabul kunlari:               Dushanba-Shanba 14.00-16.00

Ish tel:                            (71) 254-64-25

E-mail:                             xab@mrdi.uz

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta mahsus ta’lim vazirligining 13-aprel  2005-yildagi 81-sonli buyrug‘iga asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida Xalqaro Hamkorlik Kengashi tashkil etildigan. Halqaro hamkorlik Kengashi qoshida Xalqaro hamkorik bo‘limi (keyingi qismlarda XHB) o‘z ishini boshlagan. XHB xozirgi kunga qadar 14 ta rivojlangan davlatlarning 30 dan ziyod universitet hamda institutlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan. XHB MRDI professor-o‘qituvchilari malakalarini oshirishlari hamda dunyo bilan xamnafas bo‘lib ma’daniyat olamidagi sungi trendlar bilan tanishishlari uchun qator imkoniyatlarni yaratib bermoqda. MRDI professor-o‘qituvchilari xalqaro simpoziumlarda, konferensiyalarda, festivallarda va malaka oshirish kurslarida katnashish imkoniyatlariga egadirlar.

O‘rnatilgan xalqaro hamkorliklar doirasida MRDI professor-o‘qituvchilari hamda talabalari har yili chet-el davlatlariga malaka oshirish kurslari va stajirovkalarga jo‘natiladi. Imzolangan Memorandumlar doirasida MRDI talabalari hamkor davlatlarda faoliyat yuritayotgan dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish va xalqaro simpoziumlar hamda ko‘rgazmalarda qatnashib o‘zlarini ko‘rsatib kelishmoqda.

XHB yutuqlaridan yana bittasi bu MRDIda dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari professorining kelib, talabalarga ilm o‘rgatishidir. Janibiy Koriya Respublikasi hamda Yаponiyalar davlatlari professorlari shular jumlasidandir. Institutda nafaqat xorijiy professorlar kelib dars o‘tishmoqda, balki xorijiy talabalar ham bizning institutga tashrif buyurib ta’lim o‘tishmoqda.

Yаponiyaning “JICA” agentligi bilan hamkorlikda interaktiv videodarslar ishlab chiqilgan.

Janibiy Koreya davlatining«KOICA» xarqaro agentligi bilan hamkorlikda kiyim-kechak dizaynini yaratish texnologiyalari va metodlari, interaktiv o‘quv qo‘llanma video-darslar ishlab chiqilgan.