YOSHLAR ITTIFOQI

Yoshlar ittifoqi TB kengashi raisi: Anvar Temirov

Тел:+998903464668

Қабул кунлари Душанба, Чоршанба , Жумма  14-00 дан 18-00гача

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi boshlang‘ich tashkiloti o‘z safiga 1511 nafar talaba-yoshlarni birlashtirgan bo‘lib, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga binoan talaba-yoshlarni ijtimoiy himoyalash, ularning taklif va istaklarini o‘rganish, mustaqil hayotdagi ilk qadamlarida ko‘maklashish, o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli tashkil etish hamda Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirish bilan birga, ularda komil inson fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, intellektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangiliklarini qo‘llab-quvvatlash va talaba-yoshlarni Yoshlar ittifoqi atrofida birlashtirishdan iborat.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi boshlang‘ich tashkiloti Kengashi 13 nafar a’zodan iborat bo‘lib, Kengash tarkibi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi IBT Yoshlar yetakchisi 

Yoshlar yetakchisining birinchi o‘rinbosari

Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi

Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo‘nalishi yetakchisi

Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo‘nalishi yetakchisi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tab, o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi

Yoshlar yetakchisining ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo‘nalishi yetakchisi

Sport, salomatlik yo‘nalishi yetakchisi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyat cheklangan talabalar bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi

Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo‘nalishi yetakchisi

Matbuot kotibi,yoshlar media guruhi rahbari 

Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo‘nalishi yetakchisi jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutidagi boshlang‘ich tashkiloti qoshida tashkil etilgan , “Behzod vorislari” teatr,“Zakovat”“Quvnoqlar va zukkolar”“Badiiy ijod”“Munozara” klublari samarali faoliyat olib bormoqda.