Armaniston Respublikasida bo’lib o’tgan xalqaro tanlovda institut dotsenti Jasur Jumayev g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professor-o‘qituvchilarining ilmiy-ijodiy salohiyati  nafaqat yurtimiz, balki jahon darajasida e’tirof etilmoqda. Shunday iqtidorli va mehnatkash professor-o‘qituvchilardan biri “Jasorat” medali sohibi, “Kompyuter grafikasi va badiiy fotografiya” kafedrasi dotsenti Jasur Jumayevdir.

 

Jasur Jumayev joriy yilning 28-avgustdan 9-centyabrgacha Armaniston Respulikasi Yerevan shahar Sevan daryosida o‘tkazilgan Yelkanli qayiqda suzish bo‘yicha “Parusa Duxa” nomli musobaqada ishtirok etib navbatdagi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

 

Tadbir doirasida Oromgohda baydarka va yelkanli eshkak eshish bo‘yicha mashg‘ulotlar,  musobaqalar, seminarlar, treninglar va inklyuziv mahorat darslari o‘tkazildi. Jumladan, Jasur Jumayev ham O‘zbek somon san’ati mahorat darslarini tashkil etib, yig‘ilganlarga ijodiy asarlari bilan xush kayfiyat ulashdi.

 

 

MRDI matbuot xizmati