Document

AXBOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI

Dadaxo’jayev Abdumalik Abdufattoxovich 

Lavozimi: Bo’lim  boshlig’i

Qabul kunlari: Seshanba Shanba  14.00-18.00

Telefon: (71) 254 64 85

E-mail: dadaxojayev@mrdi.uz

Markaz faoliyati haqida ma’lumot

Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo‘jalik subyektlari va fizik shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va MRDI Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va MRDI Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.