1997 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil etilishi bilan uning bazasida Amaliy san’at fakulteti o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni paytda mazkur fakultet bakalavriat bosqichi 3 ta ta’lim yo‘nalishi (amaliy san’at, haykaltaroshlik, dizayn) bo‘yicha yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlovchi tayanch fakultet hisoblanadi.
Fakultetda etuk malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan 3 ta mutaxassis kafedra (Reklama va amaliy grafika, Badiiy kulolchilik va ta’mirlash, Haykaltaroshlik) faoliyat ko‘rsatmoqda. Hozirgi kunda mazkur kafedralarda 6 ta Reklama va amaliy grafika, Kompyuter grafikasi va badiiy foto, Badiiy kulolchilik, Me’moriy yodgorliklar bezagini ta’mirlash, Amaliy san’at asarlarini ta’mirlash, Haykaltaroshlik ixtisosliklari bo‘yicha malakali mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.