Document

CHIZMATASVIR KAFEDRASI

Chizmatasvir kafedrasi mudiri: Rashid Kushnazarovich Xujaniyozov

Qabul kunlari: Chorshanba 15.00-17.00 Shanba15.00-17.00

Telefon raqami: (+99871) 254-64-99, (+99897) 783-74-87

Email: chizmatasvir-1@mail.ru

 

 

Chizmatasvir kafedrasi mudiri. 2014 yil “Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti”ning  “Daskoxli rangtasvir” bo‘limini tugatgan. 2014 yildan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Haykaltaroshlik kafedrasi o‘qituvchisi sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Chizmatasvir kafedrasida 2015 yildan o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. U kafedra mudiri sifatida ham barcha qo‘yilgan talablarni o‘z vaqtida namunali amalga oshirishi keng jamoatchilik, pedagoglar orasida yuksak e’tiborga loyiq. Rashid Xujaniyozov yosh ijodkor sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyon qilish maqsadida tematik kartina, manzara, portret, natyurmort yo‘nalishida turkum asarlari bilan keng tomoshabinlar, rassomlar, san’atshunoslar orasida katta mavqega ega musavvirdir. O‘zbekiston Baddiy ijodkollar uyushmasi a’zosi.

 

CHIZMATASVIR KAFEDRASI

1966 yilda А.N.Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik instituti tarkibida “Chizmatasvir” kafedrasi tashkil etilgan. Mazkur kafedraning tashkil etilishida Respublikaning yetakchi rassomlari va tajribali o‘qituvchilaridan, O‘zbekiston xalq rassomi, professor R.A.Axmedov, O‘zbekiston xalq rassomi, dotsent V.Ruftin, Faxriy madaniyat xodimi professor. M.Saidov, O‘zbekiston xalq rassomi, professor N.Qo‘zibayev va dotsent A.K.Golderey kabi professor-o‘qituvchilalar asos solgan.

Keyinchalik dotsentлар V.M.Koviniy, I.N. Limakov, metodik kengash raisi,

I.R. Rubin, katta o‘qituvchi V.A.Nechaev, B.Shupak, katta o‘qituvchi E.L.Gadetskiy, I.I.Yenin, o‘qituvchi A.G.Vizel. Kafedrani faxriy san’at ustasi T.Oganesovlar faoliyat olib borganlar.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1997 yil 11 martdagi Farmoniga asosan, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

tashkil etilgan bo‘lib uning tarkibida Amaliy san’at fakultetining Chizmatasvir kafedrasi tashkil topgan. Chizmatasvir kafedrasi mudiri sifatida 1997 yildan 2010 yilga qadar dotsent M.Toshmurotov, katta o‘qituvchi M.Ergashov, dotsent S.Mirzayev, 2010-2015 yillarda katta o‘qituvchi F. Mannopov, 2015 yildan hozirgi kunga qadar kafedra o‘qituvchisi R.Xujaniyozov faoliyat yuritib kelmoqda.

Bugungi kunda Chizmatasvir kafedrasi tarkibida Faxriy madaniyat xodimi, dotsent X. Mamatova, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, dotsent O.Qozoqov, dotsentlar Y.Korolkova, B.Mahmudov, X.Qosimov, F.Mannopov, R.Mamasoliyev,  katta o‘qituvchilar R.Norchayev, F.Erkabayeva, D.Bekmirova o‘qituvchilar F.Pattoxov, N.Mirsolixova, G‘.Ibragimov,  Z.Kiyomov, N.Negmatov, o‘rindoshlar Sh.G‘afurov, O.Ro‘ziyev, U.Mamatov, R.Xoliqov Sh.Agzamxo‘ayev kabi professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar.

Ushbu nomlari qayd qilingan professor-o‘qituvchilar respublika miqiyosida o‘tkaziliyotgan ko‘rgazma va xalqaro ko‘rgazmalarda o‘z ijodiy asarlari bilan  ishtirok etib kelmoqdalar.

Chizmatasvir kafedrasida quyidagi mutaxassislik fanlari o‘qitiladi:

    1. Chizmatasvir
    2. Rangtasvir
    3. Plastik anatomiya
    4. Rangtasvir va chizmatasvirda badiiy yechim


      “Chizmatasvir va Rangtasvir”
      fanlari Dizayn va Amaliy san’at fakultetining barcha yo‘nalishlarida; Dizayn va Amaliy san’at fakultetining magistratura bosqichida “Rangtasvir va chizmatasvirda badiiy yechim” fanlari o‘qitiladi.

      “Plastik anatomiya” fani institutning ikki yirik fakulteti Tasviriy va Amaliy san’at fakultetlarining barcha mutaxassislikdagi birinchi bosqich bakalavr yo‘nalishlarida;

       

Kafedrada jami professor-o‘qituvchilar soni.21 nafar bo‘lib asosiy shtatda 16 nafar o‘rindoshlik asosda 5 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadilar.

 

Chizmatasvir kafedraning ilmiy salohiyati- 25 %ni tashkil qiladi.

Shundan:

OAK dotsenti -3 nafar

Institut dotsenti -4 nafar

Katta o‘qituvchi -3 nafar

O‘qituvchi -6 nafar

O‘rindoshlar -5 nafar

                            

  1. Xujaniyozov Rashid Qushnazarovich – kafedra mudiri
  2. Mamatova Aziza Nasimovna – Faxriy madaniyat xodimi, OAK dotsent
  3. Qozoqov Ortiqboy Turginovich – O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, dotsent
  4. Mahmudov Beҳzod Tilabovich – OAK dotsent
  5. Qosimov Xayrulla Sobirovich – OAK dotsent
  6. Korolkova Yelena Feodorovna – dotsent
  7. Mamasoliyev Rustam Xaltaevich – dotsent
  8. Mannopov Farhod Abdujabborovich – dotsent
  9. Norchayev Ravshan Toshtemirovich – katta o‘qituvchi
  10. Erkaboyeva Feruza Asilbekovna – katta o‘qituvchi
  11. Bekmirova Dilafruz Chorieva – katta o‘qituvchi
  12. Pattoxov Faxriddin Rixsiboyevich – o‘qituvchi
  13. Mirsolixova Nigora Mirzafarovna – o‘qituvchi
  14. Ibragimov G‘ayrat Lekimovich – o‘qituvchi
  15. Qiyomov Zuhriddin Qiyomovich – o‘qituvchi
  16. Nigmatov Nizomiddin Isomiddin o‘g‘li – o‘qituvchi

 

 

O‘rindoshlar:

 

  1. G‘afurov Shavkatjon Rozikovich – o‘qituvchi
  2. Ro‘ziev Orziqul Ibragimovich – o‘qituvchi
  3. Mamatov Ulug‘bek Nasimovich – o‘qituvchi
  4. Xoliqov Ruslan Safarovich – o‘qituvchi
  5. Agzamxo‘jayev Sherzod Shuxratovich– o‘qituvchi