HAYKALTAROSHLIK KAFEDRASI

Kafedra mudiri:Ulug’bek Kuryazov

Qabul kunlari:  Chorshanba, Shanba: 15:00-17:00

Telefon raqami:(90) 174-01-25

E.mail: art-sculpture@bk.ru

HAYKALTAROShLIK KAFEDRASI

Kafedra milliy haykaltaroshlik san’atining eng yaxshi an’analariga tayangan xolda mazkur san’atni rivojlantirib kelmokda. Haykaltaroshlik   kafedrasi o‘qituvchilarining badiiy asarlari nafaqat Respublikamiz maidonlarini balki dunyoning boshqa ko‘plab shaharlarini bezatib turibdi.

Kafedra bitiruvchilari badiiy ta’limga ixtisoslashgan bilim yurtlarida dars beradilar va mustaqil ravishda faoliyat yuritiladi.

Haykaltaroshlik kafedrasida mavjud yo'nalishlar

bakalavr ta’lim yo‘nalishi:

  • Maxobatli haykaltaroshlik;
  • mayda plastika;

Magistratura mutaxassisligi:

  • Maxobatli haykaltaroshlik.

Bu bo‘limlarda haykaltaroshlar tomonidan mamlakatimizda qad ko‘tarib turgai mahobatli haykallar, Respublikamizning turli markazlarini bezatib turgan dekorativ ko‘rinishdagi haykallar va rel’ef ko‘rinishidagi devoriy haykallar, nufuzli tanlovlarda g‘oliblar uchun taqdim etiladigan sovrinlar (kuboklar) va kichik formalardagi kompozisiyalar bajarilib kelmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasini modernizasiya qilish, yuqori intellektual salohiyatga ega bo‘lgan, raqobatbardosh, zamonaviy talablarga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlashga asosiy e’tibor qaratilgan. Ushbu vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining ruxsati asosida va MRDI Ilmiy Kengashining 2003 yil 30 maydagi qaroriga binoan “Xaykaltaroshlik” kafedrasi “Mahobatli rangtasvir” kafedrasidan ajralib chiqdi.

KAFEDRA PROFESSOR-O"QITUVCHILARI

Hozirgi kunda asosiy shtatda 11 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib keladilar:

Shundan:

O‘zBA Akademigi, professor – 1 nafar

(PhD) doktori – 1 nafar

OAK dosenti – 2 nafar

Katta o‘qituvchi – 3 nafar

O‘qituvchi – 5 nafar

 

Kafedraning ilmiy saloxiyati – 27,2 %

Аsosiy shtat:

  1. Gil’manova Nafisa Valiaxmetovna – arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dosent;
  2. Jabbarov Ilxom – O‘zBA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan

san’at arbobi, professor;

  1. Kuryazov Ulug‘bek To‘raevich – dosent;
  2. Xatamov Azamat Kamolovich – dosent;
  3. Yusupov Ulug‘bek Qadirovich – katta o‘qituvchi;
  4. Saidov O‘ktamboy Radjabboevich – katta o‘qituvchi;
  5. Hakimov Botir Bahodirovich – katta o‘qituvchi;
  6. Usmonov Ulug‘bek Shavkatovich – o‘qituvchi;
  7. O‘roqov Anvar Ulashovich – o‘qituvchi;
  8. Asrorov O‘tkir Kudratovich – o‘qituvchi;
  9. Usmanov Nodirbek Shavkatovich – o‘qituvchi;

 

O‘rindoshlar:

  1. Bulatov Saidaxbor Sobitovich – pedogogika fanlari doktori, professor;
  2. Raxmatov Rufat Saidovich – o‘qituvchi;
  3. Norboev Baxrom Normurodovich -o‘qituvchi
  4. Kuryazov Sherzod Ulug’bekovich – o‘qituvchi

Professor-o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan asarlar

Ilxom Jabbarov – A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zBA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

  1. “Motamsaro Ona” (Toshkent. 1997)
  2. “Jaloliddin Manguberdi” (Xorazm. Urganch. 1998)
  3. “Al-Farg‘oniy” (Farg‘ona. 1998)
  4. “Amir Temur” (Shahrisabz. 1996)

 

Kamol Jabborov – A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, O‘zBA a’zosi

  1. “Amir Temur” (Samarqand.1996)
  2. “Nizomiy Ganjaviy” (Toshkent. 2004)

 

Jaloliddin Mirtojiev – O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zBA a’zosi (1956 -2015)

  1. “Alisher Navoiy” (Moskva.2002)
  2. “Ibn Sino” (Latviya, Riga. 2006)
  3. “El-yurt tayanchi” (Qarshi. 2006)
  4. “Zaxiriddin Muxammad Bobur” (Andijon. 1993)
  5. “Zulfiya” (Toshkent. 2008)

 

Rustam Yermetov – Turon fanlari akademigi, O‘zBA a’zosi.

  1. “Ezgulik monumenti” Mustaqillik maydoni (Toshkent. 2006)

 

Azamat Xatamov – O‘zBA a’zosi, O‘zBA oltin, kumush medallari sohibi.

  1. “Ona va bola”, “Polvon”, “Surxondaryo”, “O‘zbek ziyolilari” turkum portret xaykallari (Toshkent)
  2. “Ayol” (Toshkent)

Ulug‘bek Kuryazov – O‘zBA a’zosi, kafedra dosenti

1 “Ona” haykali (Urganch)

  1. “Shuhra uy-muzeyi me’moriy yodgorligi” (Toshkent 2003)
  2. “Xumo qushi” (Toshkent)

Haykaltaroshlik kafedrasi talabalarining ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki

Haykaltaroshlik kafedrasining iqtidorli talabalari bugungi kunga qadar O‘zbekiston Badiiy Akademiyasining “Oltin” va “Kumush” medali, diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanish bilan birga o‘z shaxsiy ko‘rgazmalarini ham tashkil etib kelmoqdalar. Shuningdek, har yili Moskvada Burganov Akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan Xalqaro ART simpoziumida va O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan “Tasviriy va amaliy san’at festivali” da faol qatnashib kelmoqdalar