LIBOS DIZAYNI KAFEDRASI

KAFEDRA MUDIRI: Xodjayeva Umida Muratovna

Qabul vaqti: Seshanbadan Jumagacha, soat 15:00 – 17:00  gacha.

Telefon: 

E-mail: umidaxon2104@mail.ru

"Libos dizayni" kafedrasi haqida

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at va dizayn fakultetida “Libos dizayni” kafedrasi 2001-yildan o’z ish faoliyatini boshlab, hozirgi kungacha davom ettirib kelmoqda. 

“Libos dizayni” kafedrasida:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishida

  1. Dizayn (libos va gazlamalar)”
  2. “Professional ta’lim: dizayn (libos va gazlamalar) hamda “Kasbiy ta’lim. Dizayn (libos va gazlamalar)” ixtisosliklari bo‘yicha;

Magistratura bo‘limida esa “Dizayn (libos va gazlamalar)” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi.

Undan tashqari qo‘shma ta’lim dasturi asosida Taylandning  CHanapatana Xalqaro dizayn instituti hamda Janubiy Koreya Respublikasining Kemyon universitetlari bilan ikki tomonlama diplom berish shartnomasiga asosan “Dizayn (libos va gazlamalar)” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash ta’lim yo‘nalishi ochilgan.

Dizayn sohasidagi ilmiy-texnik jarayon ko‘p jihatdan dizaynerning ijodiy faoliyati, ya’ni kiyim yangi loyihasini yaratish, konstruktorlik va ratsioanalizatorlik ixtiro, topilma va yangiliklarni sanoat ishlab chiqarishiga joriy etish bilan bog‘liq.

Milliy an’analar va o‘zbek san’atining yutuqlari hamda chet el dizaynerlari tajribasini uyg‘unlikda qo‘llay olish esa libos shaklining zamon va makonda rivojlanishini, bu rivojlanishning sifat va miqdoriy o‘rganish usullaridan foydalanish kabi dolzarb metodologik masalalarni echish imkonini beradi.SHuning uchun kafedraning konsepsiyasi dizaynerlik loyihalash faoliyatining yangicha uslubiy tushunchasiga asoslangan.

O‘quv dasturlarimizning asosiy maqsadi:

  • libos, gazlamalar, trikotaj va aksessuarlarning yangicha turlari va shakllarini o‘rganish, loyihasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
  • ijodiy g‘oya va ishlanmalarini ro‘yobga chiqarish uchun kerak bo‘ladigan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashdir.

SHu nuqtai nazardan kelib chiqib, mutaxassislik fanlaridan bilim berish hamda amaliy ko‘nikmalarni sayqallash orqali talabalarning ijodiy fikrlashini shakllantirish va taraqqiy ettirish kafedra oldida turgan asosiy masaladir.

“Libos dizayni” kafedrasida o‘tiladigan mutaxassislik fanlari:

  1. “Dizayn metodologiyasi asoslari” fani dizayn sohasining asosiy  tushunchalari,  spetsifikasi va metodologiyasi; dizaynning  o‘ziga xos loyiha faoliyati sifatida shakllanishi va rivojlanish tarixi; dizayn  konsepsiyalari haqida bilimlarni shakllantirgani uchun ham dolzarb fan hisoblanadi. Mazkur fanning oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni fan bo‘yicha olinadigan nazariy va metodologik bilimlarning berilishi, bo‘lajak ijodkor dizayner, dizayner-tadqiqotchi, dizayner-tashkilotchining kasbiy bilim va ko‘nikmalarning negizini tashkil etishi bilan belgilanadi.
  2. “Dizayn-loyihalash” fani dizayn yo‘nalishidagi mutaxassislik fanlaridan asosiysi bo‘lib, zamonaviy kiyimni loyihalash va badiiy bezash, ijodiy–badiiy loyihalashda ijodiy uslublardan foydalanishni, tassavuran-fikran bog‘lanish (assotsiatsiyalash) va ijodiy fikrlash asoslarini qo‘llashni o‘rgatuvchi fan sifatida dolzarbdir. Rassom-dizaynerning o‘ziga xos ijodiy faoliyatidagi kasbiy mahorat sirlari  hamda dizayn sohasidagi zamonaviy talablardan kelib chiqib nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish, ijodiy loyihani ro‘yobga chiqarish kabilarni o‘rgatgani uchun mazkur fan oliy kasbiy ta’limda muhim o‘rin egallaydi. Fanning vazifalari:  Iste’molchilarning  kiyimga bo‘lgan talablarini qondirish yo‘lidagi dizaynerlar oldidagi masalalarni echish; kiyim loyihalashtirishning progressiv  usullarini o‘rganish, hamda kiyimni loyihalash jarayonini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishni mukammallashtirish yo‘nalishlarini o‘rganish;  turli vazifalarga mo‘ljallangan va har xil kiyim turlarining loyihalarini yaratish, badiiy bezash sohasidagi ilmiy yo‘nalishlarni o‘rganish va ularning tahlil qilish.
  3. “Libosda kompozitsiya va rang” fanining dolzarbligi  ushbu fanni o‘rganish jarayonida talabalar libos  kompozitsiyasi, ularning turlari, vositalari, usullari hamda elementlari haqida nazariy bilim olishlari va bu bilimlarni amaliy qo‘llashlari bilan belgilanadi. Bu fanning oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa fan kursi dizaynerning ijodiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liqligi, ya’ni kompozitsiya nuqtai nazaridan mukammal, tugallangan, didli, rang va elementlari jixatidan uyg‘unlashgan loyihalar yaratilishda asos bo‘lishi bilan ta’kidlanadi.
  4. “Materialshunoslik” fanining oliy kasbiy ta’limdagi dolzarbligini to‘qimachilik tolalari, iplar, tikuvchilikda ishlatiladigan gazlamalar, trikotaj va noto‘qima matolarning tuzilishi, ularning olinish yo‘llari, hususiyatlari, turlarini va ularning sifat ko‘rsatkichlarini baholash usullarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab olishi ko‘rsatadi. Bu kabi bilimlarning dolzarbligi esa dizayner kiyim modellarining shaklini hosil qilish jarayonida ashyolarining namoyon bo‘ladigan hususiyatlari, avra, astar va qotirma qatlamlarini tashkil etuvchi ashyolar hususiyatlarining model shaklini hosil qilish jarayoniga ta’siri, ashyolar strukturasining model shakli plastikasiga ta’siri haqida bilishi va ulardan foydalana olishi kerakligidan kelib chiqadi. Fanni o‘qitishdan maqsad – libos dizayni soxasidagi bo‘lajak mutaxassislarga liboslarni tayyorlashda ishlatiladigan gazlamalar va tikuvchilik materiallari tuzilishi haqida umumiy ma’lumot, tolaviy tarkibini va gazlamalar assortimentini o‘rganish, dizayn-loyiha ishlab chiqishda va dizayn-ob’ektni yaratishda ishlatiladigan zamonaviy materiallarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
  5. “Kostyum va uning bichimi tarixi”. Dizayn sohasida tahsil olayotgan talabalar uchun liboslarni kelib chiqish tarixini, tarixiy davr kostyumi, uslubi, san’ati va madaniyati, mato va naqshlari, kiyim  turlari va bichimlari xaqida chuqur bilimga ega bo‘lishi kerakligi  “Kostyum va uning bichimi tarixi” fanining dolzarbligini ko‘rsatadi. “Kostyum va uning bichimi tarixi” fanining kasbiy oliy ta’limdagi o‘rni esa turli millat va mamlakatlarning tarixiy liboslarini o‘rganish dizayn yo‘nalishidagi boshqa maxsus fanlar bilan bog‘liqligi, bu fanlardagi topshiriqlarni bajarish uchun ijod va tadqiqot manbasiligidan yaqqol namoyon bo‘ladi.
  6. “Tikuv buyumlarini tayyorlash texnologiyasi” fanining dolzarbligini mazkur fan doirasida o‘tiladigan mavzular kiyim tayyorlash jarayoni bilan bog‘liq bilim va ko‘nikmalar qamrab olinishi bilan belgilab beradi. Dizayn yo‘nalishidagi oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa buyum  va uning detallariga texnologik ishlov berish usullarini tanlash, yaratilayotgan libosga texnologik ishlov berish usullarni to‘g‘ri topishda materiallarning assortimenti va ularning xususiyatlarini hisobga olish, konstruktiv echimning texnologiyaga bog‘liqligini tushunish kerakligi  va boshqa mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi. “Tikuv buyumlarni tayyorlash texnologiyasi” fanning maqsadi va vazifasi: har xil  assortimentdagi kiyimlarga texnologik ishlov berish usullarini o‘rgatish; bo‘lg‘usi libos dizaynerlari ish olib borishda  O‘zbekistondagi ishlab chikarishni rivojlantirish va yangi texnologiyalardan foydalana olishni o‘rgatish.
  7. “Kiyimlarni konstruksiyalash” fani kiyim tuzilishi, ya’ni konstruksiyasini, kiyim shaklinig tarkibiy qismlari shaklini  hosil qilish; iste’molchilarning  kiyimga bo‘lgan talablarini qondirish yo‘lidagi dizaynerlar oldidagi masalalarni echish; kiyim loyihalashtirishning progressiv  usullarini o‘rganish va ularni  tikuv buyumlari ishlab chiqaruvchi  korxonalarda tadbiq etish;  kiyimni konstruksiyalash jarayonini tashkil etish va yo‘lga qo‘yishni mukammallashtirish  yo‘nalishlarini o‘rganish kabi masalalarni qamrab oladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – yaratilayotgan libos modellarining g‘oyaviy obrazi bilan mo‘ljallangan vazifasiga mosligi (ya’ni, estetik va utilitar vazifalari) orasidagi tafovutni kamaytirish, yangi texnologiyalarni konstruksiyaga qo‘llay olishni bilish, bu yo‘nalishda belgilangan nazariy bilimlarini  shakllantirishdan iboratdir. Fanning vazifalari: turli vazifalarga mo‘ljallangan va har xil kiyim turlarining shakl va konstruksiyalarini yaratish sohasidagi ilmiy yo‘nalishlarni o‘rganish va ularning tahlili asosida eng optimal va berilgan texnik topshiriqni qondira oladigan variantni  tanlashni bilishni o‘rgatish.
  8. “Zamonaviy moda va uslublar tarixi” fanining oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni ushbu fan doirasida modaning o‘ziga xos rivojlanishi, bu davrda paydo bo‘lgan uslub va yo‘nalishlarining kelib chiqish tarixi, XIX asr oxiri XX asr boshi moda tarixiga tasnif berilganligi, zamonaviy modelerlarning ijodiy faoliyati haqida ma’lumotlar o‘zlashtirilishi bilan belgilab beriladi.  Fanning vazifalari: talabalarga zamonaviy moda tarixining bo‘lajak mutaxassis ijodkor dunyoqarashini shakllanishidagi ahamiyatini va modaning jamiyat rivojlanishidagi o‘rnini ochib berish; talabalarni moda dekorativ-amaliy san’atning bir sohasi sifatida  20-asr va 21-asr boshi davomida rivojlanishi to‘g‘risida bilim berish; moda industriyasi vujudga kelishi  tarixi va uning rivojlanish mexanizmlari  bilan tanishtirish.
  9. “Fashion illyustratsiya” fani dizayner uchun kerak bo‘ladigan modaga oid eskiz chizish ko‘nikmalarini shakllantirgani uchun ham Dizayn (libos va gazlamalar) hamda Kasb ta’limi (Dizayn (libos va gazlamalar) ixtisosliklari uchun dolzarb. Oliy  kasbiy ta’limdagi o‘rni esa modabop zamonaviy eskizlar (illyustratsiyalar)ni yaratishda qo‘llash mumkin bo‘lgan ijod qilish metodlari, modadagi turli uslub va yo‘nalishlar, turli mato va materiallarning o‘ziga xos plastikasi va hususiyatlarini hisobga olib buyum dizaynini tasvirlash usullari haqidagi kursni o‘z ichiga olishi bilan belgilanadi.
  10. “Liboslarni maketlash”. Liboslarni shakli va bichimi turli xil murakkablikda bo‘lishi hamda konstruksiyalash qoidalarini qo‘llab bo‘lmaydigan xollarda libos shaklini hosil qilish usullarini o‘rgatuvchi fanligidan kelib chiqib “Liboslarni maketlash” fani dolzarbligi namoyon bo‘ladi. Fanning vazifalari: murakkab bichimli libos modellari shakli va hajmini tahlil qilish va ularni hosil qilishni bilish; mulyaj metodi bilan buyumlarni maketlashtirish; yangi tikish texnologiyalar va yangicha xossali mato va materiallarni kostyum strukturasi shakliga qo‘llay olishni bilish, bu yo‘nalishda belgilangan nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni  shakllantirishdan iboratdir.
  11. “Bosh kiyim va aksessuarlarni loyihalash” fani “kostyum” tizimida bosh kiyim va aksessuarlarning ahamiyati muhimligi, bo‘lajak libos dizayneri uchun bosh kiyimlarni loyihalashni bilish zarurligidan kelib chiqadi.  Libos dizayni kompozitsiyasini tuzish uchun  bosh kiyimlarni hajmiy-fazoviy echimi bo‘yicha tasniflash, aksessuarlarni loyihalashning kompozitsion asoslari, bosh kiyim va aksessuarlarni loyihalash kursini o‘z ichiga ol
  12. “Dizayn va reklama” fani kelajakda yaratiladigan yoki ayni paytda yaratilgan liboslar to‘plami konsepsiyasini reklama qilish usullarini, o‘zining individual uslubini shakllantirish va uni turli ko‘rinishlarda namoyish etishni o‘rgatuvchi bilmi va ko‘nikmalarni shakllantirgani uchun ham dolzarbdir. Oliy kasbiy ta’limdagi o‘rnini esa O‘zbekiston reklama bozorini rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llarida o‘zining  dizaynerlik ko‘nikmalarini namoyish etishni o‘rgatuvchi fan sifatida ahamiyatli ekanligidan kelib chiqadi. “Dizayn va reklama” fanining amaliy va nazariy jihatlarini  egallashdan maqsad: talabalarga reklama turlari, uning funksiyalari va vositalari, reklama bozori, moda sohasi hamda  libos dizaynidagi o‘ziga xos  reklama sanoatining rivojlanishini o‘rganish va bilimlarni amaliy jihatdan qo‘llay olish ko‘nikmalarini berishdir.
  13. “Dizayn ob’ektini kompyuterda modellash” libos modelini kompyuterda loyihalash va model detallari andazalarini kompyuter texnologiyalari yordamida yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda libos modelini konstruksiyalash va modellashtirish, uning andazalarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonlarini kompyuter texnologiyalari orqali bajarishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.

Kafedraning turdosh oliy o‘quv yurtlari bilan xamkorlik faoliyati xamkorlikda darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy ko‘llanma va ko‘rsatmalar, fan dasturlarini ishlab chiqish va nashrga tayyorlash; MD va BMIlariga raxbarlik, konsultatsiyalar, taqrizlar berish; mutaxassislik bo‘yicha xamkorlikda konferensiya, ko‘rgazma, “master-klass”lar tashkil hamda  malakaviy amaliyotlarni tashkil etishdan iboratdir.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi libos loyihasini yaratish sohasida bir necha yillardan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan professional dizayner, konstruktor-modeler va ijodkor rassomlardan –  o‘z ishining tajribali ustalaridan iborat.

“Libos dizayni” kafedrasining tarkibi (2020 2021  o‘quv yili uchun):

  1. Ataxanova Feruza Zoxirovna – kafedra mudiri, dotsent.
  2. Abdukarimova Mashhura Abduraimovna – kafedra o‘rindosh dotsenti, texnika fanlari doktori (DSc).
  3. Xodjaeva Umida Muratovna – kafedra
  4. SHaripova Go‘zal Sodiqovna – kafedra dotsenti (PhD).
  5. Rashidov Asomiddin Zayniddinovich – kafedra dotsenti.
  6. Zaripova Marg‘uba Abidjanovna – katta o‘qituvchi.
  7. Gaysina Regina SHamilevna – katta o‘qituvchi.
  8. Saidova Ziyoda Mirvosilovna-katta o‘qiuvchi.
  9. Umarova Zuxra Sa’dullaevna- o‘qituvchi.
  10. Umarova Gulzoda Ernazarovna – o‘qituvchi.
  11. Saydiganieva Azizaxon Saydinosirovna- o‘qituvchi.
  12. Kirgizbaeva Ra’no Karimjon qizi – o‘qituvchi.
  13. YUnusxodjaeva Saule Abutalibovna- o‘qituvchi.
  14. Usmanova Nargiza Alimdjanovna- o‘qituvchi.
  15. Mirzaraximova Madina Azimjonovna- o‘qituvchi.
  16. Karimova Sabina Amirqul qizi- o‘qituvchi.
  17. Abduqodirova Nargiza Abduraximovna- o‘qituvchi.
  18. Nishonova Sayyora Djurabaevna – o‘rindosh o‘qituvchi.
  19. Akromova Dilnoza Muxtorjonovna – o‘rindosh o‘qituvchi.
  20. Dexkanova Ra’no- o‘rindosh o‘qituvchi.
  21. Muxiddinova Umida – o‘rindosh o‘qituvchi.
  22. Qahhorova Hilola – o‘rindosh o‘qituvchi.

Kafedra talabalari va bitiruvchilari O‘zbekiston va chet elda o‘tkaziladigan ko‘rik, konkurs, moda namoyishlarida faol va muvafaqqiyatli ishtirok etib, nufuzli sovrinlarga ega bo‘lib kelishmoqda.

Fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini chuqurlashtirish hamda innovatsion hamkorlik mexanizmlarini yaratish va yanada takomillashtirish maqsadida IP OOO “Bultex Eurostar”, “SIMEXPROGRESS” MCHJ, “Sotton Road” KK MCHJ, CHP “GEN SQUIRE”, “Tristar” MCHJ kabi korxonalar bilan innovatsion korporativ hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Kadrlarning potensial iste’molchilari bilan o‘zaro hamkorlikda bitiruvchilarning ishga joylashish holatini o‘rganish, “Libos dizayni” ixtisosligi bitiruvchilari monitoringi olib boriladi.

“5 ta muhim tashabbus” doirasida talaba-yoshlarni yuksak ma’naviyatli shaxs sifatida shakllantirish uchun xizmat etadigan “Zamonaviy moda va bizning kiyinishimiz”, “Modaga bu qanday kirib kelgan?”, “Imidj, dress-kod va individual kiyinish uslubi” kabi mavzularda suxbatlar, seminar-treninglar o‘tkaziladi.