Ijtimoiy fanlar, pedagogika va kasbiy ta'lim kafedrasi

 

Kafedra mudiri:  

Utanova Umida Agzamxodjayevna 

 

 

 

Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha, soat 15.00-17.00 gacha.

Telefon raqami: 90 353-11-52

Elektron pochta manzili: filosofiya1111@mail.com

“IJTIMOIY FANLAR, PADAGOGIKA VA KASBIY TA’LIM” kafedrasi  

“Ijtimoiy fanlar, padagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasining asosiy maqsadi talabalarda ilmiy-ijodiy, ma’naviy va jismoniy barkamollikni shakllantirish hamda yoshlarni san’at falsafasini tо‘laqonli idrok etish ruhida tarbiyalashdan iborat. Kafedra yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuyg‘usini shakllantirishga yо‘naltirilgan bilim va malakalarni chuqur egallagan, О‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga yetkazish uchun san’at tilsimlarini о‘zlashtirgan, о‘zining ma’naviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat bо‘la oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda munosib hissa qо‘shib kelmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 1997-yil-23 yanvardagi “О‘zbekiston Badiiy Aademiyasini tashkil etish haqida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qarorriga asosan Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tarkibida “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashkil etildi. Yо‘nalishiga kо‘ra fakultetlararo ijtimoiy-gumanitar fanlarni о‘qitishga yо‘naltirilgan kafedra sanaladi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Kengashining 2019-yilning 30-avgustdagi 1-sonli Qaroriga asosan “Ijtimoiy fanlar” hamda “Pedagogika va kasbiy ta’lim” kafedralari negizida “Ijtimoiy fanlar, padagogika va kasbiy ta’lim” kafedrasi qayta tashkil etildi. Kafedra a’zolarining ilmiy-pedagogik faoliyati doimiy ravishda falsafa, tarix, demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti va pedagogika sohalarida olib borilayotgan zamonaviy ilmiy izlanishlar bilan chambarchas bog‘liqlikdadir.

Bakalavriatda о‘qitiladigan fanlar

  • О‘zbekistoning eng yangi tarixi;
  • Falsafa;
  • Dinshunoslik;
  • Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi;
  • Kasbiy psixologiya;
  • Kasbiy pedagogika;
  • Tarbiyaviy ish metodikasi;
  • Ta’lim texnologiyalari;
  • Kasbiy ta’lim metodikasi;
  • Jismoniy tarbiya va sport.
  • Boshqaruv psixologiyasi;

Magistratura yo'nalishida o'qitiladigan fanlar

  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi;
  • Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi;

Kafedra professor-o'qituvchilari