Informatika va menejment kafedrasi tarixi
“Informatika va menejment” kafedrasi 2003 yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining San’atshunoslik fakultetining tarkibidagi kafedralardan biri. Kafedra barcha yo‘nalishlarda matematik va tabiiy-ilmiy, iqtisodiy fanlarni o‘qitishga yo‘naltirilgan. Kafedrada 8 shtat birligida professor-o‘qituvchilar ishlaydi, shundan 5 ta fan nomzodi, 1 ta institut dotsenti, 7 ta katta o‘qituvchi faoliyat yuritadi.
Kafedraning maqsadi talabalarda ijodiy-ilmiy va ma’naviy barkamollikni, iqtisodiy ongini shakllantirishi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha bilimlarini takomillashtirish, ekologik tafakkurni idrok etishni tarbiyalash hisoblanadi.
Informatika va menejment kafedrasi tarkibida Zakirova S.A. kafedra mudiri, texnika fanlari nomzodi. Kafedra professori, iqtisod fanlari nomzodi Umarov A.S.
Kafedra dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Asqarxodjaeva K.U. Kafedra dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Asqarxodjaev N.A. Kafedra dotsenti Zunnunova U.G. Kafedra dotsenti fizika-matematika fanlari nomzodi Turaev R.N. Kafedra katta o‘qituvchilari Qodirov R.R., Berdiev R.K., Qodirov Q.R., Bekmirova D., Qaytarov X., Umirzoqov R.R.
Informatika va menejment kafedrasida o`qitiladigan fanlar:
- Informatika va axborot texnologiyasi
- San`at sohasida axborot texnologiyalari
- Кomputer grafikasi
- Iqtisodiyot nazariyasi
- Matematika
- Ekologiya
- Hayotiy faoliyat xavfsizligi
- Perspektiva
- Menejment (san`at turlari bo`yicha)
- Аrt – marketing