TASVIRIY SAN'AT FAKULTETI

 

 

 

Fakultet dekani: 

Xalilov Ilhom Isroiljonovich

 

Qabul kunlari: seshanba, payshanba kunlari, soat 15:00 – 17:00 gacha

Telefon: (71)255-16-08, (93)776-41-13

Elektron pochta manzili: 

 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan
o’rinbosari: 

Abduvahobov Sarvarbek  Maxmudjon o‘g‘li

 

Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha, soat 10:00 – 15.00 gacha

Telefon raqami: 90 944-49-95

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: 

Madartov Salim Kuchimovich


Qabul kunlari: dushanbadan shanbagacha, soat 15:00 – 17.00 gacha.

Telefon raqami: 99 800-18-64

FAKULTET HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo’lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko’plab ko’zga ko’ringan O’zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo’ygan va o’zlaridan keyini ko’plab shogirdlar qoldirgan marhum ustozlar, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston xalq rassomlari va ko’plab taniqli rassomlar  fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan. Hozirgi paytda fakultetda asosiy va o’rindosh ish o’rinlarida, 24 nafar akademik va professorlar, 28 nafar dotsent, ja’mi 102 nafar professor-o’qituvchilar asosiy va o’rindoshlik asosida kafedralar kesimida faoliyat olib borishmoqda. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan: “Dastgohli rangtasvir”, “Mahobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedralaridir. Fakultetning mazkur kafedralarida bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha sakkizta, magistratura mutaxassisligi bo’yicha esa yettita yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular institutni bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgandan keyin respublikaning barcha maktab va tasviriy san’atga ixtisoslashgan kollejlarida, respublika teatrlari, kinostudiyalari, nashryotlari, tasviriy san’at galereyalari hamda muzeylarida o’z faoliyatlarini olib borishadi. Hozirda fakultet “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, “Mard o’g’lon” ko’krak nishoni sovrindori, Nomdor stipendiyalar sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar va nufuzli tanlovlar g‘oliblari tahsil olib kelmoqda.